novateurpublication.org tashiladi. Qushlarda, lipidlar butunligicha portal tizim orqali jigarga tashiladi, keyin
esa umumiy sirkulyatsiyaga kelib qo’shiladi.
Qonda xilomikronlar va lipoproteidlar lipoproteidlipaza ta’sirida ancha mayda
majmualarga qisman parchalanadi va ular yetarli filtirlanmagan yog’ kislotalar va
boshqa lipidli komponentlar bilan birga qon orqali o’pkaga, jigarga va periferik
to’qimalarga kelib tushadi.
O’pka to’qimalarida xilomikronlar va lipoproteidlarning bir qismi ushlab qolinadi,
bu esa arterial qonda ortiqcha yog’ bo’lishini oldini oladi. Yog’larning bir qismi
o’pkada parchalanadi va erkin holatga o’tgan yog’ kislotalar va oksidlanib energiya
ajraladi. Energetik jihatdan yog’ kislotalarning oksidlanishi, aminokis-lotalar va
monosaxaridlarning oksidlanishidan ikki marta samaraliroqdir.
Gepatostitlarda yog’ kislotalarning bir qismini parchalanishi, organizm uchun xos
bo’lgan triglitseridlar, fosfolipidlar, xolesterin, keton tanalar sintezi va ularni
qaytadan qonga kelib tushishi sodir bo’ladi. Yog’larning bir qismi zahirada
to’planishi mumkin. Yog’ to’qimalarining adipostitlarida glyukozadan yog’
kislotalarining sintezi (bu yo’l barcha to’qimalar uchun o’xshashdir), trig-
litseridlarning hosil bo’lishi va ularning deponirlanishi sodir bo’ladi. To’pla-
nayotgan yog’ kislotalarning hammasi ham adipostitlarda sintezlanmaydi, ularning
bir qismi qon plazmasidagi lipoproteidlar va xilomikronlardan lipoproteidlipaza
yordamida ajratib olinadi.
Energiyaning manbai uglevodlar bo’lgan taqdirda ham (donli rastionlar),
organizmda yog’ to’planishi sodir bo’ladi, ya’ni zahira yog’larning monoglitserid-
lari absorbstiyalangan glitseridlardan (yog’ kislotalari) va organizm to’qimalarida
glyukoza yoki astetatdan sintezlangan yog’ kislotalari va glitserindan iborat bo’lishi
ham mumkin. Qushlarda cho’chqalar va kavsh qaytaruvchi hayvonlardan farqli
ravishda, yog’ kislotalarining sintezi yog’ to’qimasida emas, balki asosan jigarda
sodir bo’ladi.
Bir xil sut emizuvchi hayvonlarda, tanasining oldingi qismida qo’ng’ir yog’
to’qimalari mavjud, ularning hujayralarida mitoxondriyalar va sitoxrom ko’p
miqdorda bo’lib, kislorodni jadal iste’mol qiladi va issiqlikni tez ajratadi. Bu yog’
qishda uyquga ketadigan hayvonlarda (ularning uyg’onishida) va yangi tug’ilgan
hayvonlarda haroratni boshqarishda muhim rol o’ynaydi.
Yog'lar gletserin bilan molekulyar organik yog' kislotalarining birikmalari-
dir. Hujayradagi yog' miqdori odatda ko'p bo'lmaydi. Quruq modda massasining 5-
15 % yog' tashkil qiladi. Ammo ayrim hujayralarda yog' miqdori 90 % gacha
bo'ladi. Yog' suvda erimaydi, ya'ni gidrofob bo'ladi. Hujayrada yog'dan tashqari
gidrofob xususiyatga ega bo'lgan lipidlar ham bor. Ba'zi lipidlar kimyoviy struk-
turasi jihatdan yog'larga o'xshaydi