novateurpublication.org 4) jigarda keton tanachalari oksidlanishini faollashtirish.
Yog’lar mobilizastiyasini glyukokortikoidlar ham pasaytiradi, bu glyukoneo-
genezni kuchaytirish va qonda glyukoza miqdorini orttirish yo’li bilan amalga
oshadi. Glyukokortikoidlarning yog’lar almashinuviga ta’siri:
1)glyukokortikoidlar yog’ depolaridan yog’ning safarbar etilishini
jadallashtiradi;
2) qonda yog’ kislotalari miqdori ko`payadi;
3) yuz, ko`krak va tana yon yuzalarida yog’ yig’ilishi kuchayadi.
Qushlarning qonida normada, eterifistirlanmagan yog’ kislotalarning miqdori
sut emizuvchi hayvonlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi, bu me’da osti bezi
tomonidan glyukagon sekrestiyasini ancha jadalligi bilan bog’liq.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda yog’lar almashinuvi me’da oldi bo’lmalari
darajasida namoyon bo’ladi. Bu erda lipoliz va lipogenez, yog’ kislotalarining
gidrogenizatsiyasi va qayta tiklash modifikatsiyasi, glitserin va galaktozaning enzim
ta’siriga uchrashi, yog’ kislotalarining so’rilish jarayonlari sodir bo’ladi. Natijada,
lipidlar ichakka dispersiyalangan va mistellirlangan ko’rinishda kelib tushadi.
O’rtacha zanjirli yog’ kislotalar eterifistirlanmasdan turib me’da oldi bo’lmalarida
va qisman ichakda so’riladi va qonga o’tadi. Yuqori molekulali yog’ kislotalar,
mono - va diglitseridlar mistellyar eritmalardan monogastrik hayvonlar-dagi
mexanizmlar yo’li bilan so’riladi, ya’ni ichak epiteliostitlarida past zichlikka ega
xilomikronlar va lipoproteidlar shakllanadi va ular oldin limfaga, keyin esa qonga
o’tadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar ichagida asosan to’yinmagan yog’ kislotalar
(tarkibi jihatidan tana lipidlariga ancha mos keladigan) so’riladi.
Yog’lar almashinuviga nervlar bevosita ta`sir etishi to’g’risida ma`lumotlar mavjud.
Simpatik ta`sirlar trigletseridlar sintezini tormozlab, ularning parchala-nishini
kuchaytiradi. Parasimpatik nervlar esa yog’ yigilishini oshiradi. Yog’ almashinuviga
asablar ta`sirini gipotalamus nazorat qiladi. Gipotalamusdagi ventromedial yadrolar
ta`sirlanishi ishtahani yo’qotadi va ozdiradi. Mazkur yadrolar emirilganda ishtaha
oshib, yog’ yig’ilishi kuchayadi.