Moddalar almashinuvining fiziologik as


-jadval. Oziq ovqatlardagi karbonsuvlarni hazm bo`lish darajasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
Monograph

1-jadval. Oziq ovqatlardagi karbonsuvlarni hazm bo`lish darajasi. 
 
Maxsulotning
nomi 
Hazm bo`lish 
darajasi. % 
Maxsulotning
nomi 
Hazm bo`lish 
darajasi. % 

Non va don 
94 – 96 
Qandalotlar 
95 

Sabzavotlar 
85 
Qand 
99 
3 Kartoshka 
95 
Sut 
98 

Mevalar 
90 
Hayvon maxsulotlarining karbonsuv manbai bo`lib,glikogen hisoblanadi, u 
kraxmal xossasiga ega va hayvon to`qimalarida kam miqdorda bo`ladi. Yana bir 
karbonsuv - bu laktoza (sut qandi) bo`lib, 100 gramm sut tarkibida uning miqdori 5 
grammga teng. Agarda bolalar va qariyalar sutni doimiy ravishda iste`mol qilib 
tursalar, sut karbonsuv manbai bo`lishi mumkin. 


50 
novateurpublication.org 
Odam va hayvon organizmi uchun karbonsuvlarning biologik ahamiyati eng 
avvalombor energetik funktsiyasidir. Energetik funktsiya, ayniqsa miya hujayra-lari
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Glyukoza miya to`qimasining energetik bazasi 
bo`lib hisoblanadi. U miyaning nafas olish, makroenergetik birikmalarni va 
mediatorlarning sintezi uchun zarur bo`lib, bir so`z bilan aytganda, asab tizi-mining 
normal faoliyatini glyukozasiz tasavur etib bo`lmaydi. Shuningdek, muskul 
to`qimasi, ayniqsa muskul faoliyati davrida glyukoza muhim rol o`ynaydi. 
Karbonsuvlar organizmda moddalarning energetik zaxirasi bo`lib,organizmni 
energiyaga bo`lgan talabini tezda qondiradi.Odam va hayvon organizmida karbon-
suvlarning zaxirasi glikogendir. Shunindek to`qimalarning karbonsuvlar bilan 
oziqlanishini ta`minlash uchun organizmda karbonsuv miqdorini bir xil saqlashda 
yordam beradi. Odam va hayvon organizmida karbonsuvlar almashinuvi to`rt 
bosqichda amalga oshadi. 
1.Karbonsuvlarning hazmlanishi. 
2.Monosaxaridlarni qonga so`rilishi. 
3. Karbonsuvlarning oraliq almashinuv. 
4.Buyraklarda glyukozaning filtrlanishi va qayta so`rilishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin