51
novateurpublication.org
3.Karbonsuvlarning oraliq almashinuv
.Qonga so`rilgan
monosaxaridlar turli
to`qimalarga, ayniqsa miya, jigar va muskullarga borib, karbonsuvlar alma-
shinuviga ishtirok etadi.jigarning glikogen to`plash funktsiyasini
birinchi marta
1853 yilda frantsuz olimi K. Bernar aniqlagan.U o`tkazgan tajribalarida ya`ni
hayvonlarning jigarini olib tashlaganda bunday hayvon glyukoza tanqisligidan
nobud bo`lishi isbotlab berilgan. Shu bilan birga jigar glyukozadan glikenni
sintezlaydigan asosiy manba ekanligini ta`kidlab o`tadi.Keyinchalik 1912 yilda
Mann va Magotlar bu dalillarni o`z tajribalarida yana bir
karra isbotlab beradilar va
quyidagi xulosalarga keladilar:
1.Jigarda glyukozadan karbonsuvlarning zaxirasi bo`lgan glikogen sintez-lanadi. Bu
jarayon glikogenez deyiladi.Agarda glyukozaga ehtiyoj sezilsa, gliko-gen qayta
glyukozagagacha parchalanadi va glikogenoliz sodir bo`ladi. Bu jarayonning
boshlang’ich fermenti glyukozo - 6- fosfataza bo`lib, u asosan jigarda sintezlanadi.
2.Jigarga boradigan glyukozaning
bir qismi oksidlanib, organizm
uchun muhim
bo`lgan energiya ajratadi.
3.Glyukoza oqsillar va ayniqsa, yog’lar uchun sintez manbai bo`lib hisob-lanadi.
4.Glyukoza organizmning muayyan funktsiyasi uchun zarur bo`lgan ayrim
karbonsuvlarni sintezlash uchun foydalaniladi. Masalan glyukozadan glyukuron
kislotasi hosil bo`ladi. Bu esa jigar to`qimalarini zararsizlantirish uchun muhim
hisoblanadi.
5. Jigarda yog’ va oqsillarning parchalanish maxsulotlaridan karbonsuv-lar yangi
turlari paydo bo`ladi. Demak, jigar gomeostatik funktsiyani bajarish orqali
organizmdagi qand miqdorini bir me`yorda ushlab turadi.
Karbonsuvlar almashinuvida muskul to`qimalari ham muayyan o`rin tutadi.
Muskullar faol harakat qilganda qondan ko`p miqdorda glyukozani oladi va jigar
singari glyukozadan glikogenni sintezlaydi. Glikogenning parchalanishidan hosil
bo`lgan energiya muskul qisqarishi uchun safarbar etiladi.Biroq,
muskullarda
glyukozo – 6 - fosfataza fermenti bo`lmaganligi uchun glikogendan glyukoza emas,
balki oraliq maxsulotlar: sut va sirka kislotasi hosil bo`ladi. Bu jarayon glikoliz
deyiladi.
Muskullar dam olgan vaqtda (ya`ni ish bajarmaganda) sut kislotaning bir qismidan
yana glikogen hosil bo`ladi, qolgan qismi esa qaytadan qonga so`riladi. Inson tinch
turganda uning qonidagi sut kislotasining miqdori 12-19 mg % ni, muskul zo`r
berib ishlaganda esa uning miqdori 15-20 marta ortadi. Organizmdagi
funktsiyalarning faoliyati normal holatga tushganda
sut kislotasi glikogenga
aylanadi.Demak, jigar va muskul glikogenni orasida dinamik bog’liqlik mavjud. Bu
bog’liqlik A. Kori aniqlagan va Kori sikli deyiladi( 1- rasm).
Dostları ilə paylaş: