novateurpublication.org Insulin anabolik jarayonlarni ta’minlaydigan enzimlar tizimi faolliyatini
kuchaytirib, glikogenezni, ya’ni glikogen hosil bo’lishini , lipogenezni, ya’ni
yo’g sintezlanishini va oqsillar sintezini tezlashtiradi. Bu esa qonda glyukoza
miqdorini kamayishga olib keladi. Glyukagon, glyukokortikoid gormonlar,
adrenalin va somatotrop gormonlar aksincha, insulinga zid ravishda glyukoza
miqdorini oshiradi.
Organizmga ovqat bilan tushgan glyukozaning ahamiyati:
1.Glikogen hosil bo`lishida qatnashadi.
2.Miya to`qimalarini oziqlantiradi.
3.Yurak va tana muskullarda qand miqdorini ushlab turadi.
4. Jigarda va muskullarda glikogen zaxirasini hosil qilishda ishtirok etadi.
5. Yog’ almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Glyukoza –qimmatli ozuqa maxsuloti. U organizmda murakkab bio-kimyoviy
o’zgarishlarga uchraydi, natijada fotosintez jarayonida yig’ilgan energiya ajralib
chiqadi. Glyukoza organizmda oson hazm bo’lgani uchun, u tibbiyotda quvvat
beruvchi
dori
sifatida
ishlatiladi.
Glyukoza
qandolatchilikda
(marmelad,karamel,pryanikda va boshqalar tayorlashda) ham keng qo’llaniladi.
Glyukozani bijg’itish jarayoni ham katta ahamiyatga ega. Masalan, karam,
bodring, tuzlashda, qattiq ivitilganda glyukozaning sut kislotali bijg’ishi sodir
bo’ladi.Yem xashakni siloshlashda ham shunday bo’ladi.Agar silos-lanayotgan
massa yaxshilab bosilmasa, orasiga havo kirib moy kislotali bijg’ish sodir
bo’ladi va ozuqa ishlatishga yaramay qoladi. Amalda glyukozani spirtli bijg’itish
ham qo’llaniladi, masalan, pivo ishlab chiqarishda.
Fruktoza ham glyukozaga o`xshash xossalarga ega, biroq u nafaqat jigarda balki,
boshqa organlarda ham to`planadi.Shuningdek moddalar almashinuv jara-yonida
jadal ishtirok etadi. Ҳozirgi yashash sharoitimiz va mehnat faoliyatimiz hisobga
olganda (gipokinez, asabiylashish, semizlik va boshqalar) ovqat ratsionida qo`llash
uchun eng zarur qand fruktoza hisoblanadi. Fruktozaning ahamiyati:
1. Yog’ va xolesterin almashinuvini tartibga solib turadi.
2. Karies kasalligini oldini oladi.
3. Ichak mikroflorasi faoliyatiga ijobiy ta`sir etib, ichakning chirish jarayoni
- libeorizmni kamaytiradi.
4. Fruktoza yuqori shirinlikka ega bo`lganligi uchun ovqat kalloriyasini oshi-
rish maqsadida qandalotchilikda ishlatiladi.
5. Jigarda glikogen zaxirasini hosil qilishda faol ishtirok etadi. Glyukoza va fruktoza
hamma mevalarning tarkibida mavjud. Biroq olma, nok va qoraqatda kўp miqdorda
fruktoza bo`ladi.
Inson ovqatidagi asosiy disaxarid - saxaroza (qand lavlagi shakari) bo`lib
hisoblanadi. Qand lavlagida saxaroza miqdori 14-18 %, ayrim turlarida esa 20-25 %