novateurpublication.org glomerulyar hujayralar renin ishlab chiqarishdan tashqari cho’zilish resteptorlari
xossalariga ham ega. Renin sekresiyasini quyidagi omillar boshqarib turadi:
1) keltiruvchi orterioladagi qon bosimi kattaligi, aniqrog’i arteriolaning cho’zilish
darajasi. Cho’zilishning pasayishi sekresiyani faollashtiradi, kuchayishi sekresiyani
kamaytiradi;
2) distal kanalchalardagi siydikda natriy miqdorining o’zgarishi maxsus
natrioresteptorlar tomonidan seziladi va gumoral yo’l bilan yukstaglomerulyar
hujayralarga yetkaziladi. Kanalchalardagi siydikda natriy qancha ko’p bo’lsa, renin
sekresiyasi shunchalik jadallashadi;
3) simpatik nervlar noradrenalin mediatori ajratadi, bu mediator esa yuksta-
glomerulyar hujayralardagi beta-adrenoresteptorlar orqali renin sekresiyasini
kuchaytirad:
4) renin sekresiyasi manfiy qayta bog’lanish mexanizmi orqali boshqariladi,
mazkur bog’lanish o’z ichiga angiotenzin va aldosteronni hamda ular ta’siri ostida
o’zgaradigan arterial bosim balandligini, qonda natriy, kaliy miqdorini oladi.
Buyraklardan tashqari renin ko’pchilik to’qimalardagi qon tomirlar devorida,
bosh miyada va so’lak bezlarida ham hosil bo’ladi. Renin fermenti jigarda
sintezlanadigan va qon plazmasi tarkibida bo’lgan alfa-globulin-angiotenzinogenni
parchalab, angiotenzin I ga aylantiradi. Angiotenzin I nofaol bo’lib, buyraklar,
o’pkalar va boshqa to’qimalar tomirlarida maxsus ferment ta’siri ostida o’zidan
ikkita aminokislotani ajratib, angiotenzin II ni hosil qiladi.
Angiotenzin II yuksak fiziologik faollika ega bo’lib, buyrak usti bezining
koptokchali zonasida aldosteron sekresiyasini rag’batlantiradi, mana shularga
asoslanib bu moddalar renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga birlashtirilgan.
Angiotenzin II aldosteron sekresiyasini kuchaytirishdan tashqari quyidagi
samaralarga ega:
1) arterial tomirlarning kuchli qisqarishiga sabab bo’ladi;
2) simpatik nerv markazlari va sinapslariga ta’sir etib, noradrenalin mediatori
ajratilishini jadallashtirish orqali simpatik nerv tizimini faollashtiradi;
3) miokard qisqaruvchanligini oshiradi;
4) buyraklarda natriy reabsorbsiyasini kuchaytirib, koptokchalardagi filtrasiyani
kamaytiradi,
5) chanqoqlikni keltirib chiqaradi va suyuqlik iste’mol qilishga qaratilgan hulq-
atvorni shakllantiradi.
Shunday qilib, renin-angiotenzin-aldesteron tizimi tizimli va buyrakdagi qon
aylanishini, harakatdagi qon hajmini, suv-tuz almashinuvini va hulq-atvorni bosh-
qarishda ishtirok etadi. Patologiyaning ba’zi turlarida, masalan, o’sma shishlar
rivojlanganda buyrak arteriyasi qisiladi, buyrakka kelayotgan qon oqimi kamayishi
va bosimning pasayishi renin sekresiyasining uzluksiz davom etishi va umumiy qon