novateurpublication.org sekresiyasini va me’da harakatlarini kuchaytiradi, me’da osti bezidan fermentlar va
insulin ajratilishini tezlashtiradi, o’t sekresiyasini oshiradi, ingichka ichakda
glyukoza, natriy va suv so’rilishini tormozlaydi. Organizmdagi apudositlar
sintezlovchi peptid va aminlar orasida serotonin va gistamin yaxshi o’rganilgandir.
Serotonin bosh miya neyronlari va ichak hujayralarida sintezlanadi. Trombo-
sitlardagi serotonin qon tomirlarni toraytirib, qon oqishini to’xtashini tezlash-tiradi.
Bu moddaning hulq-atvor shakllanishiga ta’siri aniqlangan. Yaqinda aniq-lanishicha
serotonin bronxlar hujayralarida, epifizda va eng ko’p (75-80% gacha)
chuvalchangsimon o’simtada hosil bo’ladi. Serotoninning jigarda, buyraklarda,
buyrak usti bezlarida, ayrisimon bezda, tomirlar engoteliysida, ko’z to’r pardasida
ham ishlanishi haqida ma’lumotlar bor.
Serotonin quyidagi fiziologik samaralarga ega:
1) trobositlar parchalangan ko’plab tomirlarni toraytiruvchi moddalar chiqadi, bu
esa gemostazda muhim ahamiyatga ega;
2)bronxlar va me’da-ichak yo’llari silliq muskullari qisqarishlarini
rag’batlantiradi;
3) homilador va tug’ayotgan ayollar bachadoni miometriy qavatining
oksitostinga o’xshab faollashtiradi, shuning uchun bachadonni faollashtirish
maqsadida tug’ruq faoliyati kuchsizligida akusherlik klinikalarida ayol orga-
nizmiga yuboriladi;
4) serotoninergik tizim sifatida MAT faoliyatida, jumladan emosiyalar, hulq-
atvor, uyqu mexanizmlarida muhim o’rin tutadi;
5) ionlashtiruvchi nurlantirishdan himoyalovchi omil bo’lishi mumkin, degan
fikrlar mavjud.
Gistamin gistidindan hosil bo’ladi va allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
Uning ta’sirida bronx va bronxiolalar torayadi va nafas olish qiyin-lashadi. Teri qon
tomirlarini kengaytiradi va kapillyarlar devorining o’tkazuv-chanligini oshiradi.
Gistamin ta’sirida me’da bezlarida xlorid kislota sekresiyasi tezlashadi. Mediator
vazifasini ham bajaradi. Gistamin ko’pchilik a’zolardagi biriktiruvchi to’qima
hujayralarida maxsus granulalarda saqlanadi. Ko’yish, elektr ta’sirlanish, ko’p sonli
ekzogen omillar ta’siri vaqtida gistamin mazkur hujayralardan qonga o’tadi.
Gistamin o’z ta’sirini amalga oshirishi uchun hujayralardagi maxsus gistaminga
sezuvchan resteptorlar bilan bog’lanishi kerak. Gistaminaza ferementi ta’sirida
parchalanadi.
Gistamin ta’siri quyidagi fiziologik samaralar beradi:
1) arteriola va kapilyarlar, jumladan teri tomirlari, kengaytirilishi oqibatida
arterial bosim pasayadi;