novateurpublication.org gonad-tropin ta’sirida sodir bo’ladi. Ona organizmida tuzlar va suv yig’ilishini
ta’minlaydi, immunitetni kuchaytiradi.
Plastentar laktogen gormon sut bezlarini rivojlantiradi, homilaning rivojlani-
shini jadallashtiradi va progesteron sekresiyasini kuchaytiradi. Plastentada hosil
bo’ladigan progesteron asosan mahalliy ta’sirga ega. Ekizaklar tug’ilishi ora-li’idagi
vaqt aynan shu gormonga bog’liq. Ona siydiki bilan ajratiladigan estriol homila
hayotchanligini aniqlashga yordam beradi. Yo’ldoshning yana bir gor-moni relaksin
qov suyaklari simfizini yumshatib, kichik tos suyaklari bog’lama-larini
bo’shashtirib, tug’ruq yo’llarining kengayishiga imkoniyat tug’diradi.
Jinsiy gormonlar jinsiy faoliyatdan tashqari boshqa jarayonlarga ham ta’sir
ko’rsatadi. Androgenlar oqsil sintezini tezlashtiradi, shuning uchun erkaklarda
maskullar yaxshiroq rivojlangan. Progesteron ta’sirida asosiy almashinuv ortadi.
Boshqa gormonlar bilan hamkorlikda jinsiy gormonlar suyaklar o’sishini
boshqaradi, suyakka aylanish jarayonini tezlashtiradi.
Epifiz. Epifiz bosh miya markazida to’rt tepalik ustida joylashgan, uning diametri 3-
4mm. XX asrning 50 yillarida epifiz melatonin nomli gormon ishlab chiqarishi
aniqlandi. Melatonin ko’p qirrali samaraga ega bo’lib, seratonindan hosil bo’ladi.
U pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarni,
hujayralar bo’linishi va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi.
Epifizdan tashqari, melatonin hazm a’zolari shilliq qavatida, tomirlar
endoteliysida, buyrak usti bezi po’stloq qismida, miyachaning Purkine hujayra-
larida, simpatik tugunlarda sintezlanadi. So’ngi yillarda melatoninning jigarda,
buyraklarda, ayrisimon va meda osti bezlarida ham hosil bo’lishi aniqlangan.
Umuman, organizmda qaysi hujayralarda seratonin hosil bo’lsa, o’sha hujayralar
melatonin sintezlaydi, degan xulosa qilingan.
Melatonin ko’z to’r pardasida ham bor, uning miqdori kamayib ketsa, odamning
rang ajratish qobiliyati buziladi. Melatonin gipofizdan gonadotrop gormonlarning
qonga o’tishini kamaytiradi. Uning qondagi miqdori ko’payib ketsa balog’atga
yetish kechikadi. Gormonning yetishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish tezlashadi.
Odam organizmiga melatonin yuborilganda odam bo’sha-shib uyquga ketadi.
Melatonin sekresiyasi muhitning yoritilganligiga bog’liq – yorug’da melatonin
sintezi tormozlanadi.
Odamda bir kecha-kunduzda ajratiladigan melatoninning 70% kechki soatlarda
sekresiyalanadi. Tajribada hayvon organizmiga yuborilgan epifiz ekstrakti qonda
qand miqdorini kamaytiradi, kalstiyni ko’paytiradi va diurezni kuchaytiradi.
Tadqiqotchilar fikricha, mazkur samaralar nafaqat melatonin bilan, balki epifiz-ning
boshqa biologik faol moddalari bilan bog’liq.