Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
3) holdan toyish, madorsizlanish bosqichi - buyrak usti bezlari yetarli miqdorda 
glyukokortikoidlar ishlab chiqaraolmaydi va organizm holati yomonlashadi. Sele 
glyukokortikoidlarni himoya (adaptastiya) gormoni deb hisoblaydi. 
Favqulodda, organizm hayoti va sog’lig’ini xavf ostida qoldiruvchi ta’sirotlar 
vaqtida buyrak usti bezi mag’iz moddasi adrenalin ajratish orqali hulq-atvor 
reaksiyalarini faollashtiradi. Adrenalin gipotalamusga ta’sir etish orqali po’stloq 
qavatdan glyukokortikoidlar sekresiyasini kuchaytiradi. Glyukokortikoidlar 
organizm qarshiligining ichki omillarini faollashtiradi. 
Shunday qilib, buyrak usti bezi mag’iz va po’stloq moddalarining sekretor 
faoliyatlari umumiy mohiyat kasb etadi. Bu stressning adrenokortikal mexanizmini 
tashkil etadi va quyidagi zanjirsimon jarayonlarni o’z ichiga oladi: neokorteks → 
gipotalamus → korti-koliberin sekresiyasi → AKTG ajratilishi → 
glyukokortikoidlar sekresiyasi. 
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha bir vaqtning o’zida stressning somato-
trop mexanizmi ham faollashadi: neokorteks → gipotalamus → somatoliberin 
sekresiyasi → adenogipofizdan somatotropin ajratilishi. Tireoid mexanizm stress 
reaksiyasining uchinchi o’qidir: neokorteks → gipotalamus → tiroliberin sekresiyasi 
→ adenogipofizdan TTG ajratilishi → qalqonsimon bezdan tiroksin va triyodtironin 
sekresiyalanishi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, organizm qarshili-gining oshishi
juda ko’p omillarga bog’liq bo’lib, faqat bu gormonlar ta’siri bilan cheklanmaydi. 
Jinsiy bezlarning ichki sekresiyasi.
Jinsiy bezlar ham aralash bezlarga kiradi. Ularning tashqi sekresiya funksiyasi 
jinsiy hujayralar-spermatazoidlar va tuxum hujayra ishlab chiqarishdan iborat. Ichki 
sekresiyasi - qonga jinsiy gormonlar ajratishdir. Jinsiy gormonlar uch guruh-ga 
bo’linadi: estrogenlar, gestagenlar va androgenlar. Estrogenlar va gestagenlar 
ayollar jinsiy gormonlari, ular ichida eng muhimlari estradiol, estron, progesteron. 
Androgenlar erkaklar jinsiy gormonlari bo’lib, ulardan eng muhimi testosterondir. 
Jinsiy gormonlar homila jinsini aniqlaydi, jinsiy a’zolar va ikkilamchi jinsiy belgilar 
rivojlanishini ta’minlaydi. Ular ta’sirida organizm va jinsiy a’zolar rivojlanishi
jinsiy aloqa qilish va bola ko’rish darajalari yotadi. 
Odam embrioni tahminan 3 oylik bo’lganda moyak testosteronni sintezlay bosh-
laydi. Uning ta’sirida jinsiy a’zolar erkaklarga xos shaklga kiradi. Testosteron 
gipotalamusning erkakcha tipda rivojlanishi va balog’atga yetgandan keyin jinsiy 
hulq-atvorning erkaklarga xos bo’lishi uchun ham zarur. Erkak embrionining jinsi 
aniqlangandan so’ng moyaklarda gormon ishlab chiqarilishi to’xtaydi. Ayol jinsli 
embrionning tuxumdonlari gormonlar ishlab chiqarmaydi. Ularning gormonal
faoliyati qiz bolaning balog’atga yetish davri-da boshlanadi. Balog’atga yetilish 
davrigacha jinsiy gormonlar buyrak usti bezida sintezlanadi. O’smirlik boshlanishi 
bilan o’g’il bolalarning moyaklarida gormonlar sintezlanishi qayta tiklanadi, qiz 


35 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin