Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
a) oqsil almashinuviga- glyukokortikoidlar ta’sirida qon plazmasidan hujayra-
larga aminokislotalar transporti kamayadi, natijada oqsillar parchalanishi kuchayadi, 
muskullarning vazni kamayadi, jarohatlar bitishi sekinlashadi, osteo-poroz 
kuzatiladi. Hazm yo’llaridagi shilliq pardani qoplovchi mukoid himoya qavatida 
oqsillar kamayishi oqibatida xlorid kislota va pepsinning zararlantiruvchi ta’siri 
kuchayib, shilliq pardada yaralar rivojlanishi mumkin; 
b) yog’lar almashinuviga- glyukokortikoidlar yog’ depolaridan yog’ning safarbar 
etilishini jadallashtiradi va qonda yog’ kislotalari miqdori ko’payadi. Shu bilan birga 
yuz, ko’krak, tananing yon yuzalarida yog’ yig’ilishi kuchayadi; 
c) karbonsuvlar almashinuviga- glyukoneogenez va yog’lar safarbar qilinishining 
kuchayishi oqibatida giperglikemiya kuzatiladi. 
2.Yallig’lanishga qarshi ta’sir glyukokortikoidlarning yallig’lanish reaksiyasi 
barcha bosqichlarini susaytirishi, tomirlar devori o’tkazuvchanligini pasaytirishi 
oqibatidir. Leykositlardan interleykin ajratilishini pasaytirish yo’li bilan inter-
leykinning gipotalamusdagi issiqlik hosil qilish markazini qo’zg’atishini pasaytirib, 
yallig’lanish jarayonlaridagi isitmaning oldini oladi. 
3.Allergiyaga qarshi ta’sir lizosomalarni stabillashtirish, allergik reaksiyalarni 
kuchaytiruvchi omillar hosil bo’lishini susaytirish oqibatidir. Glyukokortikoidlar 
sekresiyasi kuchayganda allergiyaning asosiy belgisi bo’lgan eozinofillar kamaya-
di. 
4.Immunitetni susaytirish antitelolar hosil bo’lishini va fagositoz jarayonlarini 
pasaytirishdan iborat. Glyukokortikoidlar hujayra va gumoral immunitetni 
susaytiradi. Glyukokortikoidlarni uzoq muddat qabul qilish ayrisimon bezning 
kichrayib qolishi, limfoid to’qimaning va qonda limfositlar sonining kamayishiga 
olib keladi. 
5.Arterial bosim kerakli ko’rsatkichini shakllantirishda qatnashish, qon tomirlar 
devorining tomir toraytiruvchi omillar ta’siriga sezuvchanligini oshirish va natriy 
hamda suvning organizmdan chiqarilishini kamaytirib, harakatdagi qon hajmini 
oshirish orqali amalga oshiriladi. Glyukortikoidlarning mana shu gipertenziv ta’siri 
va giperglikemik samarasi tufayli ular bemorni karaxtlik holatidan chiqarishda keng 
qo’llaniladi. 
Organizmda glyukokortikoidlar hosil bo’lishining kecha-kunduzgi ritmi 
mavjud. Bu gormonlarning asosiy qismi ertalab (soat 6-8 da) hosil bo’ladi. Buyrak 
usti bezi po’stlog’ining jinsiy gormonlari-androgenlar va estrogenlar bola 
organizmida jinsiy a’zolar rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Bu vaqtda jinsiy 
bezlar ichki sekretor funksiyasi hali kam rivojlangan.Buyrak usti bezi po’stlog’ining 
jinsiy gormonlari ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishini ta’minlaydi, organizmda 
oqsil sintezini kuchaytiradi.


33 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin