Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
Adrenalin ta’siri ostida resteptorlar, jumladan ko’ruv, eshituv, vestibulyar 
apparat resteptorlarining qo’zg’aluvchanligi oshadi, bu esa organizm tomonidan 
tashqi muhit ta’sirotlarini qabul qilishni yaxshilaydi. Adrenalin va noradrenalin 
yog’ to’qimasida yog’ning parchalanishini tezlashtirib, qonda erkin yog’ kislo-talar 
miqdorini oshiradi. Yog’ kislotalar energiya manbai sifatida sarflanadi. Adrenalin 
ta’sirida katta yoshli odamning asosiy modda almashinuvi 30% chamasida, 
chaqaloqlarda esa 300% ga yaqin oshadi. 
Adrenalin MNT faoliyatini rag’batlantiradi. Uning ta’sirida odamning diqqat-
e’tibori, aqliy qobiliyati oshadi. Tinch holatda buyrak usti bezidan adrenalin va 
noradrenalin ajralishi uncha ko’p emas, faqat simpatik nerv tizimi qo’zg’alganda 
katexolaminlarning qondagi miqdori oshadi. Buni stress holatlarda yaqqol ko’rish 
mumkin
Adrenalin me’da va ingichka ichak qisqarishlarini kuchsizlantiradi. Me’da va 
ichaklar muskullari tonusi pasayadi. Adrenalin bronxlar va ularning mayda 
tarmoqlari-bronxiolalarni kengaytiradi. Ko’zning kamalak pardasidagi radial 
muskulni qisqartirib, ko’z qorachig’ini kengaytiradi. Teridagi tuklarni ko’taruv-chi 
muskullarni ham qisqartiradi (o’rdak terisi). Shunday qilib, adrenalin 
funksiyalarning tezlik bilan qayta uyushtirilishi orqali organizmning tashqi muhit 
bilan hamkorligini yaxshilaydi, favquloddagi sharoitlarda ish qobiliyatini oshiradi. 
Noradrenalinning organizmga ta’siri adrenalin ta’siriga o’xshaydi, ammo 
butunlay bir xil emas. Noradrenalin kalamush bachadoni silliq muskullarini 
qisqartiradi, adrenalin esa bushashtiradi. Noradrenalin odamda sistolik va diastolik 
bosimlarni oshiradi, adrenalin faqat sistolik bosimni oshiradi. Orga-nizmga 
kiritilgan noradrenalin yurak qisqarishlarini tezlashtirmaydi, aksincha ularni 
siyraklastiradi. Bu adashgan nervning reflektor qo’zg’alishi natijasi bo’lsa kerak, 
chunki atropin yuborilganda noradrenalin bradikardiyaga olib kelmaydi. Adrenalin 
gipofiz oldingi bo’lagi sekresiyasini kuchaytiradi, noradrenalin esa bunday ta’sirga 
ega emas. 
Buyrak usti bezi xromaffin to’qimasi ichki sekretor funksiyasining nerv 
boshqarilishi simpatik nerv tolalari orqali amalga oshiriladi. Bezga keluvchi sim-
patik nervlar ta’sirlanganda adrenalin sekresiyasi kuchayadi, bu nervlar kesilganda 
esa-kamayadi. Buyrak usti bezi xromaffin to’qimasi sekretor funksiyasini boshqa-
ruvchi nerv markazlar gipotalamusda joylashgan. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, 
adrenalinning organizm funksiyalariga ta’siri simpatik nerv tizimi ta’siriga 
o’xshaydi.
Organizmga harqanday favqulodda yoki kuchli ta’sirot bo’lganda avval 
simpatik nerv tizimi qo’zg’aladi, buning natijasida boshqa o’zgarishlar bilan 
birgalikda qonga katta miqdorda adrenalin ajratiladi. Adrenalin gumoral yo’l bilan 
organizmning favqulodda sharoit talab etgan funksiyalar qayta qurilishini ta’minlab 


29 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin