novateurpublication.org Glyukozaning qonda va uning natijasida buyrakdagi filtratda ko’payishi uning
buyrak kanalchalari tomonidan to’la reabsorbsiyalanmasligiga olib keladi va
glyukoza siydik bilan ajratiladi (glyukozuriya). Siydikdagi glyukozaning katta
konsentrastiyasi buyrak kanalchalarida osmotik bosimni oshirib, unda suvning
saqlanib qolishiga olib keladi. Suv yetarli miqdorda reabsorbsiya-lanmaydi va siydik
miqdori oshadi (poliuriya). Organizm ko’p suv yo’qotadi va ko’plab suv iste’mol
qilinadi (polidipsiya). Glyukoza siydik bilan ajratilishi sababli yog’lar va
oqsillarning energiya manbai sifatida foydalanilishi kuchayadi.
Organizmda yog’lar parchalanishining oraliq mahsulotlari keton tanachalari:
beta-oqsimoy va astetosirka kislotalari yig’iladi. Og’ir hollarda nordon modda-
larning ko’plab yig’ilishi va jigarda aminokislotalarning dezaminlanishi kon muhit
reaksiyasini kislotali tomonga siljitadi - astidoz yuzaga chiqadi. Astidoz esa o’lim
xavfi bilan bog’liq diabetik komaga sabab bo’ladi: bemor xushdan ketadi, nafas va
qon aylanishi buziladi. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun
insulin kerak. Uni me’da osti bezidan ajratib ololmasdan olimlar ko’p qiynalganlar,
chunki polipeptid tabiatli insulinni tripsin parchalaydi.
Asrimizning boshida L.V.Sobolev me’da osti bezidan insulin ajratib olishning
ikki usulini taklif etgan :
1. Me’da osti bezini kesib olishdan oldin uning chiqaruv yo’li boylab qo’yiladi,
tashqi sekresiya vazifasini bajaruvchi epiteliy degenerastiyalanib, nobud bo’ladi va
shira ajratmaydi.
2. Insulinni embrion me’da osti bezidan oladilar, unda hali tashqi sekresiya to’qimasi
rivojlanmagan bo’ladi.
Planetamizda 30 mln. dan ortiq qandli diabet bilan kasallangan bemorlar
insulinga muhtoj, ulardan 30-40% har kun muntazam insulin olib turadilar. Insulin
organizmdan tashqarida sintez qilingan birinchi oqsildir. Laboratoriyada sintez
qilingan insulin tabiiy insulin xususiyatlariga ega, hatto stink qo’shib, uning ta’sir
etish vaqti cho’zilgan.