novateurpublication.org bezning limfositlarni rag’batlantiruvchi gormon, timin, timotoksin, timopoetin,
timozin deb nomlangan gormonsimon polipeptid moddalar ishlab chiqarishi
aniqlangan. Timozin organizmga yuborilganda qonda limfostitlar miqdori oshadi va
immunitet reaksiyalari kuchayadi.
Ayrisimon bez ajratadigan gormonsimon moddalar hujayralarda mediator-larga
va gormonlarga nisbatan resteptorlar sinteziga, nerv-muskul sinapslarida astetilxolin
parchalanishiga, organizmda oqsillar va karbonsuvlar almashinu-viga, qalqon-
simon va jinsiy bezlar funksiyalariga ta’sir etadi. Mazkur moddalar somatotropin
samarasini kuchaytiradi, tiroksin samarasini kuchsizlantiradi. So’nggi yillarda
ayrisimon bezning organizmda immun va endokrin tizimlarni o’zaro bog’lab, ular
faoliyatini muvofiqlashtirib, integrasiya qilib turishi isbotlangan. Ayrisimon bez
kalstiy va nuklein almashinuviga ta’sir etadi degan fikrlar ham bor. Ayrisimon
bezning yana bir fiziologik ahamiyati shundan iboratki, u ko’p miqdorda vitamin C
ga ega, bu jihatdan u faqat buyrak usti bezlaridan keyin turadi.
Me’da osti bezi. Me’da osti bezi aralash bezlarga kiradi. Uning tashqi sekresiya funksiyasi
hazm jarayonining muhim ishtirokchisi bo’lgan me’da osti shirasini ishlab, chiqaruv
yo’llari orqali o’n ikki barmoq ichakka chiqarishdir. Ichki sekresiya funksiyasi esa
bevosita qonga o’tadigan gormonlar ishlab chiqarishdan iboratdir. O’zining
mikroskopik tuzilishi jihatidan me’da osti bezi shira ishlab chiqaradigan bez
to’qimasi va uning oralig’ida tarqoq joylashgan Langergans orolchalaridan iborat.
Bu orolchalar o’simtali epidermositlardan iborat, ko’p sonli kapillyarlar bilan
o’ralgan, alohida nerv tolalariga ega va qonga chiqariladigan gormonlar hosil bo’lish
joyidir. Ular asosan bezning dum qismi va oz miqdorda bosh qismida joy-lashgan.
Lagergans orolchalari quyidagi tipdagi hujayralardan iborat: alfa-,beta-, delta-
hujayralar, G-hujayralar va PP-hujayralar. Ular orasida eng ko’pi beta-hujayralar.
Beta-hujayralar insulin (lot. insula-orolcha), alfa-hujayralar glyukagon, delta
hujayralar somatostatin, G-hujayralar gastrin va PP-hujayralar pankreatik polipeptid
ishlab chiqaradi. Somatostatin insulin va glyukagon sekresiyasini tormozlaydi.
Insulin organizmda korbonsuvlar almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi va
glikogenning jigar hamda muskullarda yig’ilishini ta’minlaydi. Insulin muskul va
yog’ hujayralari membranasining glyukozaga nisbatan o’tkazuv-chanligini keskin
oshiradi. Buning natijasida glyukozaning bu hujayralar ichiga kirish tezligi taxminan
20 marta oshadi. Glyukozaning oqsidlanishi, fosforlan-tirilishi va gliko-gen hosil
bo’lishi hujayra ichida sodir bo’ladi. Yog’ to’qimasi hujayralarida insulin
glyukozadan eg’ hosil bo’lishini kuchaytiradi. Insulin ta’siri ostida hujayra
membranasining aminokislotalarga nisbatan o’tkazuv-chanligi ham oshadi, bu
aminokislotalardan esa hujayrada oqsil sintezlanadi. Insulin informastion RNK
sintezini ham stimullaydi.