Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
Monograph

Qalqonsimon oldi bezlar 


21 
novateurpublication.org 
Qalqonsimon oldi bezlar qalqonsimon bezning orqa yuzasida, unga yopish-gan 
holda joylashgan. Qalqonsimon bez to’qimasiga ular shunchalik zich yopish-ganki
jarrohlik yo’li bilan qalqonsimon bez olib tashlanganda uning yuqorigi orqangi 
qismi qoldiriladi, aks holda qalqonsimon oldi bezlar ham olib tashlanadi va bu xol 
o’limga sabab bo’lishi mumkin. Odamda 2 juft qalqonsimon oldi bezlar bo’lib, 
ularning umumiy og’irligi 100mg eki 0,1 g dir. Qalqonsimon oldi bezlar simpatik va 
parasimpatik tolalar bilan nervlangan. 
Qalqonsimon oldi bezlarning asosiy fiziologik mohiyati organizmda kalstiy 
almashinuvini boshqarishdir. Bezning bu funksiyasi tufayli kalstiy tuzlari organi-
zmda saqlanib qoladi, bu esa nerv tizimi va muskullar normal faoliyati uchun 
zarurdir. Qalqonsimon oldi bezlari paratgormon (paratireoidin, paratirin) deb 
nomlangan gormon ishlab chiqaradi. Paratgormon qon tarkibidagi kalstiy miqdorini 
normal darajada saqlab turadi, kalstiyning suyaklarda yig’ilishini boshqarib turadi. 
Organizmda paratgormon suyak to’qimasining yemirilishi va undagi fosfor va 
kalstiyning qonga o’tishini ta’minlaydi. 
Paratgormon ichaklarda kalstiy so’rilishini va uning buyrak kanalchalaridagi 
reobsorbsiyasini kuchaytiradi. Bularning hammasi qonda kalstiy miqdorini oshira-
di, shu bilan birga qonda anorganiq fosfatlar konsentrasiyasi pasayadi va ularning 
siydik bilan ajratilishi kuchayadi. Paratgormon nishon-a’zolar (suyak to’qimasi, 
buyraklar va me’da-ichak yo’llari) ga ta’sirini sAMF vositachiligida amalga 
oshiradi. Mazkur gormon sekresiyasi kuchayganda hujayralarda sAMF miqdori va 
sAMF ning siydik bilan ajratilishi ham oshadi. 
Paratgormon ta’sirida Krebs sikl i buzilishi natijasida limon kislotasi va sut 
kislotasi yig’iladi va mahalliy atsidoz rivojlanadi. Muhitning nordon reaksiyasi 
ishqoriy fosfataza faolligini tormozlaydi, ishqoriy fosfataza esa suyakning asosiy 
mineral moddasi-kalstiy fosfati hosil bo’lishi uchun kerak. Bunday holatda 
kalstiyning suvda eriydigan tuzlar-kalstiy sitrat va kalstiy laktat hosil bo’ladi va ular 
qonga o’tadi. 
Odamda qalqonsimon oldi bezlarining funksiyasi pasayganda tetaniya nomli 
kasallik rivojlanadi va u skelet muskullarining kuchli va uzoq davom etuvchi 
qisqarishlarida namoyon bo’ladi. Qonda kalstiy miqdori kamayadi, nerv tizimining 
qo’zg’aluvchanligi oshadi, muskullarning alohida guruhlarida fibrillyar qisqarishlar 
paydo bo’lib, keyinchalik ular uzoq davom etuvchi kuchli qisqa-rishlarga o’tadi.
Bunday qisqarishlar gavdaning hamma muskullarini qamrab olishi mumkin. Nafas 
muskullarining uzoq davom etuvchi qisqarishlari esa o’limga sabab bo’ladi. 
Tetaniya kasalligida jigar funksiyasi ham buziladi va qonda zaharli modda karbamin 
kislotasining ammoniy tuzi paydo bo’ladi. 
Hayvonlar ustida o’tkazilgan tajribalarda aniqlanishicha, qalqonsimon oldi 
bezlarining olib tashlanishi hamma muskullarning qisqarib qotib qolishi, tana 


22 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin