novateurpublication.org digan qon gipofizdagi darvoza tomirlariga kelib, undagi hujayralarni yuvib o’tadi.
Gipotalamik sohada bu kapillyarlar atrofida nerv turi mavjud bo’lib, u nerv
hujayralari o’simtalaridan tashkil topgan. Bu tuzilmalar orqali gipotalamus-dagi
hujayra-lar neyrosekresiyasi mahsulotlari qonga o’tib, qon oqimi bilan gipofiz
oldingi bo’lagining hujayralariga yetkaziladi va ularning funksiyasini o’zgartiradi.
Gormonlar ishlab chiqaruvchi gipotalamus neyronlariga bir vaqtning o’zida sekretor
va nerv hujayralari funksiyalari xosdir. Bu xususiyat shundan iboratki, gormonlar
sekresiyasi jarayonida nerv hujayralarida qo’z-g’alish tufayli yuzaga keladigan
harakat potensiali kabi biotoklar paydo bo’ladi. Bez hujayralaridagi sekresiya esa
xech qachon potensiallarni yuzaga keltirmaydi.
Neyrosekretor hujayra boshqarishni na faqat boshqa neyronlarga odatdagi nerv
impulslarini uzatish orqali, balki maxsus moddalar- neyrogormonlar ishlab chiqarish
orqali ham amalga oshiradi. Nerv va gumoral boshqarilish jarayonlari bu yerda bir
hujayrada birlashgan.Umuman gipotalamus ikki turdagi, ya’ni asab va gumoral
boshqarilishlarni o’zaro bog’lab turadi. Undagi neyronlar endokrin hujayra sifatida
gormonlarni sintezlaydi.
Qalqonsimon bez Qalqonsimon bez bo’yin sohasida hiqildoqdan oldinda joylashgan, uch
bo’lakdan iborat: ikki yon bo’lak va bitta o’rta bo’lagi. Mikroskop ostida bez-ning
kolloid moddaga tula pufakchalar - follikulalardan tuzilganligi ko’rinadi.
Follikulalar devoi kubsimon bez epiteliyasi bilan qoplangan. Qalqonsimon bez
juda ko’p qon bilan ta’minlanadi: har bir soatda og’irligi 30 g bo’lgan bez orqali 5
litr, ya’ni odam organizmidagi qonning hammasi o’tadi. Venoz qon oqimidan
tashqari jadallik bilan sodir bo’luvchi limfa oqimi ham qalqonsimon bezda hosil
bo’ladigan tireoid gormonlarning umumiy limfa va qon oqimiga o’tishini
ta’minlaydi. Bezning nervlanishi bo’yin simpatik tugunlari va adashgan nerv
tarmoqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qalqonsimon bez hujayralarning o’ziga xos xususiyati ularning yodni o’zlash-
tirish qobiliyatidir. Bez hujayralari ichidagi yod konsentrasiyasi qon plazmasi-
dagidan 300 marotaba ortiqdir. Qon plazmasidagi yodning 90-95% tiroksin tarkibida
bo’ladi. Qalqonsimon bez tiroksin (tetrayodtironin-T4), triyodtironin-T3 va
tirkalsitonin nomli gormonlar ishlab chiqaradi.Organizmda tiroksin yod va tirozin
aminokislotasidan sintezlanadi. Tadqiqotlarning ko’rsa-tishicha odam qalqonsimon
bezi bir kecha-kunduzda tarkibida 0,3mg yod bo’lgan miqdordagi tiroksin ishlab
chiqaradi. Demak, tiroksin gormoni orga-nizmda yetarli miqdorda hosil bo’lishi
uchun ovqat va ichiladigan suv tarkibida 0,3 mg yod iste’mol qilishimiz kerak.
Tiroksin va triyodtironin qonga o’tib, gormonlarni tashiydigan plazma oqsillari
albuminlar va globuminlar bilan bog’lanadilar. To’qimalarda bu komplekslar
parchalanib tiroksin va triyodtironinni erkin holda ajratadilar. Qon plazmasidagi