novateurpublication.org oqsillar bilan birikmagan tiroksin miqdori bu gormonning qondagi umumiy
miqdorining faqatgina 0,1% ni tashkil etadi. Ammo aynan mana shu oqsillar bilan
birikmagan tiroksin o’z fiziologik ta’sirini amalga oshirib turadi. Oqsillar bilan
birikkan tiroksin esa zaxira bo’lib xizmat qiladi va qondagi erkin tiroksin miqdori
kamayib borishi bilan uning yangi faol bo’laklari ajratiladi.
Tiroksin gormoni yuksak fiziologik faollikka ega, u organizmning o’sish va
rivojlanish jarayonlari kechishiga, moddalar va energiya almashinuviga, nerv
tizimining qo’zg’aluvchanligiga ta’sir qiladi. Tiroksin moddalar almashinuvini
ayniqsa kuchaytiradi. Odam organizmiga 1 mg tiroksin yuborilganda u qo’shimcha
1000 katta kalloriya energiya sarflaydi. Tiroksinning ortiqcha miqdori markaziy
nerv tizimi qo’zg’aluvchanligini oshiradi va kuchli, keskin emosiyalarga sabab
bo’lishi mumkin. Tiroksinning vegetativ nerv tizimiga ta’siri yurak qisqarish-
larining tezlashuvi, kuchli terlash, tana haroratining ko’tarilishi va boshqalarda
namoyon bo’ladi.Triyodtironin tiroksindan ham fiziologik faollroq, lekin uning qon
plazmasidagi miqdori 20 marotaba kamdir.
Tiroksinning ortiqcha miqdori bola va katta yoshdagi odam organizmiga har xil
ta’sir ko’rsatadi: bolalarning o’sishi tezlashib, og’irligi oshadi; katta yosh-
dagilarning og’irligi kamayadi.Tiroksin va triyodtironin oqsidlanish jarayon-larini,
ayniqsa mitoxondriyalarda, keskin kuchaytiradi. Kislorodni iste’mol qilish va
korbanat angidridini ajratish oshadi. Issiqlik hosil bo’lishi normadan ancha
ko’payadi, karbonsuvlar, yog’lar va oqsillar sarflanishi kuchayadi, asosiy almashi-
nuv oshadi. Hujayra membranasining aminokislotalarga nisbatan o’tkazuvchanligini
oshirish va hujayra genetik apparatini faollashtirish orqali oqsil sintezini
tezlashtiradi.
Tireoid gormonlar lipolitik samaraga ham ega, ular yog’ kislotalari oksid-
lanishini jadallashtirib, ularning qondagi miqdorini kamaytiradi. Xolesterin sintezi
va uning o’t bilan chiqarilishini jadallashtiradi. Tiroksin glikogenning parchala-
nishini faollashtirishi va ichaklarda glyukoza so’rilishini kuchaytirishi natijasida
giperglikemiyani keltirib chiqaradi. Hujayralarning glyukozani o’zlashtirishi va
oksidlantirishini oshiradi. Tireoid gormonlar, bir tomondan, giperglikemiya tufayli
insulin sekresiyasini qo’zg’atadi, ikkinchi tomondan, jigardagi insulinazani faol-
lashtirib, insulin parchalanishini jadallashtiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, tireoid
gormonlar ham qandli diabet rivojlanishiga sharoit yaratishi mumkin.
Shunday qilib, tiroksin va T
3
ning fiziologik samarasi quyigilardan iborat :
1. To’qima va a’zolar o’sishi, rivojlanishi va tafovutlanishi, to’qimalar fiziologik
regenerastiyasi, kabi jarayonlarni normallashtirish.
2. Simpatik samaralar (taxikardiya, terlash, tomirlar torayishi) ni faollashtirish.
3. Mitoxondriyalar faolligi va miokard qisqaruvchanligini yaxshilash.
4. Issiqlik hosil bo’lishi va tana haroratini oshirish.