novateurpublication.org bog’lanish mexanizmi bilan boshqariladi. Qalqonmsimon bez gormon-larining
qonda kamayishi TTG sekresiyasini jadallashtiradi. Tireotropin adeno-gipofiz
tomonidan uzluksiz sekresiyalansa ham, uning qondagi miqdori kecha-kunduz
davomida aniq o’zgarib turadi va kechqurun uxlashdan oldin uning miqdorii qonda
eng ko’p bo’ladi.
Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezi po’stloq qismining tutamli va turli
zonasini rivojlantirib, uning gormonlari sintezini kuchaytiradi. AKTG 39
aminokislotadan tuzilgan polipeptid. Gormonning turga xosligi yuq. Gormon-ning
miqdori qonda oshsa, terining pigmentlanishi kuchayadi. AKTG egning yog’
zaxiralaridan qonga o’tishini tezlashtiradi, jigarda kortizolning parcha-lanishiga
ta’sir qiladi. Shunday qilib, AKTG ning fiziologik samarasi ikki qismga bo’linadi:
a) buyrak usti beziga ta’siri; b) buyrak usti bezidan tashqaridagi ta’siri.
AKTGning buyrak usti beziga ta’siri glyukokortikoidlar va mineralo-
kortikoidlar sekresiyasini jadallashtirishdan iborat. Buyrak usti bezidan tashqa-rigi
ta’siriga quyidagilar kiradi: 1) yog’ to’qimasiga lipolitik ta’sir qiladi; 2) in-sulin va
somatotropin sekresiyasini oshiradi; 3) gipoglikemiya-insulin ko’pa-yishi oqibatida;
4) teri hujayralarida melanin yig’ilib giperpigmentastiyaga sabab bo’ladi.
AKTG sekresiyasi organizmda taranglanish (stess) holatini keltirib chiqaruv-chi
hamma favkulodda ta’sirotlar natijasida kuchayadi. Bunday ta’sirotlar reflektor yo’l
bilan va buyrak usti bezi mag’iz moddasidan adrenalin ajratilishini kuchay-tirish
orqali gipotalamusga ta’sir etib, unda kortikotropin rilizing gormon (kortikoliberin)
hosil bo’lishini kuchaytiradi. Bu omil qon tomirlar orqali gipofizga o’tib, unda
AKTG ishlanishini tezlashtiradi. AKTG buyrak usti bezida glikokor-tikoidlar va
qisman mineralokortikoidlar sekresiyasini kuchay-tirish orqali organizmning
noqulay sharoit ta’siriga qarshilik ko’rsatishini oshiradi. Organizmda AKTG
sekresiyasi ritmik sodir bo’ladi va bu ritm kortikoliberin ajratilishi ritmiga bog’liq.
Kortikoliberin, AKTG va glyuko-kortikoidlar maksimal sekresiyasi ertalab soat 6-8
da, minimal sekresiyasi kechqurun 10 dan 2 gacha kuzatiladi. Organizmga kuchli
ta’sirlagichlar ta’sir etganda, masalan, sovuq, og’riq, og’ir jismoniy ish, ruhiy
zuriqish ta’sirida AKTG sekresiyasi jadallashadi.
Gonodotrop gormonlar ayollar va urg’ochi hayvonlarda follikulaning rivoj-
lanishi va etilishini, ovulyastiya (Graaf pufakchasi yorilib, undan tuxum hujayra
chiqishi)ni, sariq tana rivojlanishini va faoliyatini ta’minlaydi. Erkak-larda urug’don
naychalarni rivojlanishi va spermatositlar etilishi, sperma-tozoidlar paydo bo’lishi
uchun gonadotrop gormonlar zarur. Bu gormonlar jinsiy bezlarda ayollar jinsiy
gormonlari estradiol, estron va progesteron va erkaklar jinsiy gormoni testosteron
ishlab chiqarilishini boshqarib turadi.
Voyaga etmagan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, jinsiy bezlar rivoj-
lanishdan to’xtaydi. Yosh hayvonlarga ganodotrop gormonlar yuborilsa, voyaga