novateurpublication.org etishi tezlashadi. Jinsiy bezlari olib tashlangan hayvonlarda gonadotrop gormon-lar
samara bermaydi. Voyaga etgan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, jinsiy bezlar
atrofiyaga uchraydi. Follikullarni rag’batlantiruvchi va lyuteinlovchi gormon-
larning jinsiy farqi yo’q.
Gonadotropinlar sekresiyasini gipotalamus hujayralari ajratadigan gonado-
liberin faollashtiradi. Gonadoliberin ajratilishi va uning fallikullarni rag’batlan-
tiruvchi va lyuteinlovchi gormonlar sekresiyasiga ta’siri manfiy qayta bog’lanish
orqali amalga oshiriladi va jinsiy gormonlar-estrogenlar, progesteron, testoste-
ronening qondagi miqdoriga bog’liq.
Gipofizning orqa bo’lagi MNT ning gipotalamus qismi bilan morfologik va
funksional bog’liqligi sababli neyrogipofiz deyiladi. Undan ikki gormon: anti-
diuretik gormon (ADG) va oksitostin olingan. Bu peptid gormonlar gipota-
lamusning supraoptik va paraventikulyar yadrolari neyronlari tomonidan
sekresiyalanadi. ADG va oksitostin neyrofizin bilan donachalar hosil qilib (gormon
+ neyrofizin) tashiladi. Qonga o’tishdan oldin kompleks parchalanadi va gormon
qonga chiqadi. ADG yoki vazopressin qonning osmotik bosimini boshqarib turadi.
Qondagi ADG buyrak kanalchalariga borib, suvning reabsorbsiyasini kuchaytiradi.
Neyrogipofiz gipofunksiyasida ADG yetishmov-chiligi oqibatida qandsiz diabet)
rivojlanadi, juda ko’p siydik ajratiladi (ba’zan bir kecha-kunduzda 20 l), kuchli
chanqoq kuzatiladi.
ADG qon tomirlarning silliq mushaklarini qisqartirish qobiliyatiga ham ega.
Uning bu xususiyati organizm qon yo’qotib, tomirlarda bosim pasayib ketganda
yaqqol ko’rinadi. Bu sharoitda ADG ta’sirida arterial tomirlar sezilarli darajada
torayadi va bosim keskin pasayib ketmaydi. ADG jigar hujayralarida glikogenning
parchalanishini va boshqa moddalardan glyukoza hosil bo’lishini tezlashtiradi. ADG
miya suyuqligi (likvor) va neyronlarning aksonlari orqali miya bo’limlariga ta’sir
etib, chanqoqlikning shakllanishida ishtirok etadi.
ADG (vazopressin)ning gipotalamus neyronlarida sintezlanishiga quyidagi
omillar ta’sir etadi :
1) qonda osmotik bosim o’zgarishlari va natriy miqdori, bu o’zgarishlarni qon
tomirlar va yurakdagi osmo-, natrio-, valyumo- va mexanoresteptorlar qabul qilib
oladi, qondagi mazkur o’zgarishlar gipotalamik neyronlarga bevosita ta’sir etishi
ham mumkin;
2) emostional zuriqish, kuchli og’riq, og’ir jismoniy ish oqibatida gipotalamik
yadrolar faollashuvi;
3) plastenta gormonlari va angiotenzin II.
Oksitostin ayollarda bachadonning ritmik qisqarishlarini faollashtiradi.
Homiladorlikning ikkinchi yarmidan miometriy oksitostinga nisbatan sezuvchan
bo’ladi. Ammo bachadon faolligini tormozlovchi (beta- adrenoresteptorlarni