Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
ingibirlovchi) mexanizm oksitostin ta’sirini bug’ib qo’yadi. Tugish arafasida 
tormozlovchi mexanizm bartaraf etiladi va oksitostin ta’siri tiklanadi. Oksitostin 
samarasi hujayra membranasidagi oksitostinga nisbatan sezuvchan bo’lgan 
resteptorlarga ta’sir etish orqali amalga oshadi. Emizish davrida oksitostin sut 
bezlari yo’llaridagi mioepitelial hujayralarni qisqartirib, sut chiqishini ta’min-laydi. 
Qonning osmotik bosimi ko’tarilib, osmoresteptorlar qo’zg’alganda, 
gipokaliemiya, gipokalstiemiyada, qon bosimi pasayganda va ba’zi boshqa hollarda 
ADG sekresiyasi tezlashadi va neyrosekretor hujayralarning aksonlari orqali 
3mm/24 soat tezlikda gipofizga oqib tushadi.Oksitastinning gipotalamik 
neyronlarda sintezlanishi va neyrogipofizdan qonga ajratilishi bachadon cho’zilish 
resteptori va sut bezlari so’rg’ichlari mexanoresteptorlari ta’sir-langanda reflektor 
yo’l bilan kuchaytiriladi. Gormon sekresiyasini estrogenlar ham oshiradi. 
Gipotalamo - gipofizar tizim. 
Gipotalamusda ADG va oksitostin ishlab chiqaruvchi yirik neyrosekretor 
hujayralardan tashqari mayda asab hujayralaridan iborat gipofizotrop soha ham 
mavjud. Bu sohadagi kichik neyrosekretor hujayralar adenogipofizdan gormon-
larning sintezlanishi va qonga o’tishini tezlashtiradigan rilizing gormonlar 
(liberinlar) ni va bu jarayonlarni tormozlaydigan ingibitor omillar (statinlar) ni 
ishlab chiqaradi. Liberin va statinlarni portal tomirlardagi qon yetkazadi. 
Adenogipofiz faoliyatini boshqaradigan olti rilizing gormon: somatoliberin, 
tiroliberin, prolaktoliberin, melanoliberin, kortikoliberin, lyuliberin (gonado-liberin) 
va uch statin: somatostatin, prolaktostatin, melanostatin mavjud. Bu gormonlarning 
nomi qonga o’tishini boshqarib turadigan gipofizar gormonga bog’liq. Masalan: 
gipofizdan tireotrop gormonning qonga o’tishini tezlash-tiridagan gormon tireotrop 
- rilizing - gormon yoki tiroliberin deyiladi. 
Gipofizotrop gormonlar sekresiyasi chetdagi endokrin bezlar gormonlari-ning 
qondagi miqdoriga bog’liq. Masalan, qonda kortizon miqdori ortsa, gipotalamusdan 
qonga kortikoliberin oz miqdorda o’ta boshlaydi. Natijada gipofizdan AKTG ning 
qonga o’tishi kamayadi, bu o’z navbatida buyrak usti bezida kortizon sekresiyasini 
sekinlashtiradi va kortizonning qondagi miqdori me’eriga tushadi. Shunday qilib, 
aksariyat gormonlar sekresiyasi periferik bezlar, gipofiz va gipotalamus ishtirokida 
yuzaga chiqadigan qaytar aloqa tamoyilida boshqariladi. 
Tabiiy sharoitda MNT bu boshqarilishni organizmning o’zgarib turuvchi ichki va 
tashqi ehtiyojlariga moslashtiradi. Masalan, stress holatida miya po’st-log’i va 
limbik tizimdan kelgan impulslar ta’sirida medial gipotalamusdan kortikoliberin 
gipofizga ko’proq o’tib, adenogipofizdan AKTG sekresiyasini kuchaytiradi. AKTG 
buyrak usti bezini rag’batlantiradi va qonga ko’proq glyukokortikoidlar chiqariladi. 
Gipofiz oldingi bo’lagi funksiyasining boshqarilishida gipofizning qon bilan 
ta’minlanish muhim o’rin tutadi. Gipotalamik sohadagi kapillyarlardan oqib keta-


17 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin