novateurpublication.org 5. MAT qo’zg’aluvchanligini oshirish, ruhiy jarayonlarni faollashtirish.
6. Buyraklarda qon oqimi, koptokchalardagi filtrasiya va diurezni oshirish.
7. Me’yoriy jinsiy hayot va reproduktiv funksiyalarni ta’minlash.
Tarkibida yod bo’lgan tiroksin va triyodtironin gormonlaridan tashqari
qalqonsimon bezning maxsus hujayralarida qonda kalstiy miqdorini kamay-tiruvchi
tirkalsitonin ham hosil bo’ladi. Tirkalsitonin ta’siri ostida suyak to’qimasini
yemiruvchi osteoklastlar funksiyasi pasayib, suyak to’qimasi hosil bo’lishini va
qondan unga Ca
2+
so’rilishini ta’minlovchi ositeoblasitlar funk-siyasi faollashadi.
Kalsitonin gastrinning qonga o’tishini tormozlaydi, me’da shirasi nordonligini
pasaytiradi. Kalsitonin buyraklar, me’da-ichak yo’llari, suyak to’qimasi kabi nishon-
a’zolardagi resteptorlar bilan sAMF va sGMF vositachiligida bog’lanadi.
Mazkur gormon kalstiyning suyaklarga o’tishini suyaklarning minera-
lizastiyasini jadallashtirish va buyraklarda kalstiy reobsorbsiyasini pasaytirish
hamda ichaklarda kalstiy so’rilishini kamaytirish yo’llari bilan qonda kalstiy
miqdorini kamaytiradi. Buyraklarda fosfatlar reabsorbsiyasini pasaytirib,
fosfaturiyani keltirib chiqaradi. So’nggi yillarda Kalsitoninning diuretik va
natriyuretik ta’sirlari ham aniqlangan. Kalsitonin qalqonsimon bezdan tashqari
timusda va o’pkalarda hosil bo’ladi. Organizmda kimyoviy strukturasi o’zaro yaqin
bo’lgan qator gormonlar mavjud, ular kalsitonin oilasidagi gormonlar nomini olgan.
Katakalstin, bosh miya va orqa miyada topilgan peptid tabiatli gormonlar shular
jumlasidandir.
Kalsitonin organizmda kalstiyni boshqaruvchi gormonlardan biri bo’lib, uning
sekresiyalanish darajasi qayta bog’lanish orqali qondagi ionlashtirilgan kalstiy
miqdori bilan idora etiladi. Kalsitonin sekresiyasining jadallashuvi qonda
kalstiyning anchagina ko’payganida kuzatiladi, kalstiy konsentrasiyasining odatdagi
fiziologik o’zgarishlari kalsitonin sekresiyasiga kam ta’sir etadi. Kalsitonin
sekresiyasiga neyropeptidlar va me’da-ichak yo’llarining peptid gormonlari, ayniqsa
gastrin kuchli ta’sir ko’rsatadi. Og’iz orqali kalstiy qabul qilinganda kalsitonin
sekresiyasini aynan gastrin kuchaytiradi.
Qalqonsimon bez faoliyati pasayganda organizmda qator kasalliklar, jumladan
buqoq, miksedema, kretinizm kasalliklari rivojlanadi. Buqoq kasalligi muayyan
georafik zonalarda yashovchi kishilarda qalqonsimon bezning kattalashib ketishida
namoyon bo’ladi. Bezning kattalashuvi follikulalarning o’sib ketishi tufayli sodir
bo’ladi. Ba’zan buqoq bola boshiday kattalikka va 5-6 kg og’irlikka etishadi.
Buqoq kasalligining asosiy sababi ichimlik suvda yod yetishmasligidir.
Ma’lumki, biz yodni, asosan ichimlik suv bilan qabul qilamiz, dengiz qirg’oq-larida
yashovchilar esa, tarkibida yod bo’lgan dengiz o’simliklari iste’mol etib, qo’shim-
cha tarzda qabul qiladilar. Tog’ daryolari juda tez oqishi sababli undagi suvlar
tuproqdan yodning kerakli miqdorini olib, unga boyishga ulgurmaydi. Buqoq