Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
kasalligining oldini olish uchun bir kecha-kunduzda odam minimum 0,3 mg yod 
qabul qilishi kerak. Buqoq uchun endemik hisob-langan zonalarda yod qo’shilgan 
osh tuzi iste’mol qilish mana shu maksadga qaratilgandir. 
Miksedema ham qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo’lib, asosan keksalik-da, 
kasallikdan so’ng, og’ir operastiyalardan keyin bez faoliyatining pasayishi bilan 
bog’liq. Miksedema belgilari: qalinlashgan, shishgan va birmuncha qattiq-lashgan 
teri, tishlar va sochlarning to’kilishi, jinsiy funksiyalarning buzilishi, qon miqdo-
rining kamayishi, asosiy almashinuvning 30-40%ga pasayishi, sezgi a’zolari 
faoliyatining buzilishi, ruhiy reaksiyalarning sekinlashuvi, xotiraning pasayishi v.b. 
Miksedema kasalligida to’qima suyuqliklari miqdori oshishi tufayli tana massasi 
og’irlashadi.
Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida a’zo va to’qimalar hujayra oralig’ida 
mustin va albuminlar miqdori oshib ketadi. Oqsillar to’qima suyuqligidagi onkotik 
bosimni oshiradilar, bu esa to’qimalarda, ayniqsa teri osti yog’ klet-chatkasida suv 
yig’ilishiga olib keladi, to’qimalarda shilimshiqli shish rivoj-lanadi (“miksedema “ 
lotincha so’z bo’lib, “shilimshiqli shish“ ma’nosiga ega). 
Kretinizm hayotning 1-2 yillarida ovqatda yod yyetishmasligi tufayli rivojlana-
di. O’sishning to’xtab qolishi va aqliy rivojlanishning keskin orqada qolishi bu 
kasallikning asosiy belgilaridir. Kretinlarda psixik reaksiyalar juda sekinlashgan, 
dikkatni jalb qilish qiyinlashgan, nerv jarayonlarining harakatchanligi pasaygan, 
qo’zg’alish jarayonlari tormozlanishga nisbatan kuchsiz, shartsiz reflekslar kuch-
siz, shartli reflekslar hosil bo’lishi qiyinchilik tug’diradi.
Kretinlarning tashqi ko’rinishi: bo’yi juda past, tana qismlari nomutanosib – qo’l 
va oyoqlar juda kalta, bosh katta, ko’zlar kichik va aksariyat gilay, burun asosi 
chuqurlashgan bo’ladi. Ko’pchilik kretinlarning og’zi ochiq va tili doimo osilib 
turadi, chunki til keskin kattalashgan bo’lib, og’iz bo’shligiga sig’maydi, shu 
sababdan nafas va yutish ham qiyinlashgan bo’ladi. 
Qalqonsimon bez giperfunksiyasida tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligi deb 
nomlangan xastalik rivojlanadi. Belgilari qalqonsimon bezning kattalashuvi, ammo 
buqoq kasalligiga nisbatan ancha kichik va tugunlar hosil qilgan, ko’z olmalarining 
burtib chiqishi, yurak urishlarining tezlashuvi, tana haroratining bir muncha 
ko’tarilishi, terlash, moddalar almashuvi, jumladan asosiy almashi-nuvning keskin 
oshganligi, ishta-haning ya’shi bo’lishiga qaramasdan ozib ketish, nerv tizimi 
qo’zg’aluvchanligining kuchayishi, qon bosimining ko’tari-lishi, o’pka 
ventilyasiyasining oshishi va emosiyalarning keskinlashuvi.Ba’zan qalqonsimon 
bez gormonlarining qondagi miqdori zaharlanishni keltirib chiqaradigan 
darajagacha oshib ketadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin