Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
da namoyon bo’lishi mumkin. Gormonlarning bu guruhi hujayra ichidagi nofaol 
holatda bo’lgan proteinkinaza fermentlarini faollashtiradi.
Gormon resteptorga ta’sir etgandan so’ng resteptordan proteinkinazaga signal 
maxsus vositachilar yordamida yetkaziladi. Bunday vositachilar bo’lib sAMF, Сa 
2+
ionlari, diastilglisterin, sGMF v.b. xizmat qiladi. AKTG, TTG, FSG, LG, xorionik 
gonadotropin, MSG, ADG, paratgormon, Kalsitonin, tiroliberin gormonlari ta’sirida 
s-AMF vositachilik rolini bajaradi. Oksitostin, vazopressin, gastrin, xolesistokinin, 
katexolaminlar, angiotenzin kabi gormonlar fiziologik faoliyatida kalstiy 
vositachilik qiladi. 
Siklik AMF ning vositachilik ishini ko’rib chiqamiz. Ma’lumki, siklik adeno-
zinmono-fosfat (sAMF) hujayrada ATF molekulalaridan adenilatsiklaza fer-menti 
ta’sirida hosil bo’ladi. Gormon ta’sirida adenilatsikl aza faolligi oshidi va hujayrada 
sAMF miqdori ko’payadi.Bu o’z navbatida proteinkinazani faollash-tiradi. 
Proiteinkinaza esa oqsilni fosforlantiradi. Shunday qilib, gormon + resteptor – 
adenilatsiklaza faollashuvi-proteinkinaza faollashuvi – oqsil fosforlantirilishi sodir 
bo’ladi. 
Kalstiy ionlari vositachilik vazifasini bajarganda gormon ta’sirida hujayradagi 
kalstiy ionlari miqdori o’zgaradi. Bunda hujayra membranasining kalstiy ionlariga 
nisbatan o’tkazuvchanligining oshishi yoki hujayra ichidagi moddalardan erkin 
kalstiy ionlari ajratilishi orqali kalstiy ionlari ko’payadi. Kalstiy ionlari hujayradagi 
boshqaruvchi oqsil kalmodulinni faollashtiradi, u esa proteinkinaza faolligini 
oshiradi va oqibatda boshqaruvchi oqsil fosforlantirilishi jadallashadi. Jarayonlar 
ketma-ketligi quyidagicha: gormon + resteptor – hujayrada kalstiy ko’payishi- 
kalmodulin faollashuvi – proteinkinaza faollashuvi – boshqaruvchi oqsil 
fosforlantirilishi – fiziologik samara. 
Endokrin bezlar faoliyatining boshqarilishi. Endokrin bezlar faoliyatining 
boshqa-rilishi bir qancha yo’llar bilan amalga oshadi. Ulardan biri- bezda ishlab 
chiqariladigan gormon qaysi moddaning miqdorini boshqarib tursa, o’sha modda 
konsentrasiyasining qonda o’zgarishi bevosita bez hujayralariga ta’sir etishi. 
Masalan, qonda Ca 
2+
konsentrastiyasi oshganda paratgormon sekresiyasi pasayadi. 
Qondagi Ca
2+
konsentrasiyasi pasayganda esa paratgormon sekresiyasi kuchayadi. 
Me’da osti bezidan oqib o’tayotgan qonda glyukoza miqdori oshganda insulin 
sekresiyasi kuchayadi. Insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiradi. Bunday 
bevosita ta’sir etish orqali boshqarilishdan tashqari vositali-neyrogormonal yoki 
faqat gormonal boshqarsh mexanizmi ham mavjud. 
Ichki sekresiya bezlari faoliyatining neyroogormonal boshqarilishi asosan 
gipotalamus va u ajratadigan neyrogormonlar orqali amalga oshiriladi. Qonda 
androgenlar eki estrogenlar miqdorining ko’payishi gipotalamusda lyuteinlovchi 
gormonning rilizing gormoni hamda adenogipofizda gonadotrop gormonlarning 


11 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin