Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
2.Transplantastiya – bezning kuchirib o’tkazilishi. Odatda transplantastiya 
ekstirpastiyadan so’ng bajariladi va uni to’ldiradi. Transplantastiya muvaffaqiyat 
bilan yakunlanganda ekstirpastiyadan so’ng buzilgan funksiyalar qayta tiklanadi. 
3.Ichki sekresiya bezlari ekstrakti – ulardan ajratib olingan suyuq qismning 
organizga yuborilishi. Ekstraktlar og’iz orqali yuborilganda yaxshi natija be-rmaydi, 
chunki hazm shiralari uni tez parchalaydi. 
4.Parabioz -Jarrohlik yo’l bilan ikkala organizmni ulash yoki ikki hayvon qon 
tomirlarini o’zaro ulash. Odatda parabioz kalamushlarda muvaffaqiyatli kechadi. 
O’zaro ulangan hayvonlar birining biror ichki sekresiya bezi olib tashlansa ham xech 
qanday o’zgarishlar bo’lmasligi mumkin, chunki qonga ikkinchi hayvondagi shu 
nomli bez gormonlari o’tib turadi. 
5.Klinik usul – ichki sekresiya bezlari giperfunksiyasi yoki gipofunksiyasi bilan 
kasallanganlarni kuzatish. Bu usul yaxshi samaralar beradi va muhim ahamiyatga 
ega. 
6.Biokimyoviy usul-gormonning kimyoviy tarkibini aniqlash, endokrin bez-ga 
oqib keladigan va undan oqib ketadigan qondagi gormonlar miqdori va tar-kibini 
solishtirish, gormonni toza holda ajratish, ni laborotoriyada sintezlash v.h. 
7. Autoradiografiya – kimyoviy elementlar radioaktiv izotoplari yordamida 
tajribalar o’tkazish. 
Gormonlarning ta’siri mexanizmi. 
Gormon o’z fiziologik ta’sirini amalga oshirish uchun avvalo nishon-
hujayradagi resteptor bilan bog’lanishi kerak. Hozirgi vaqtda 60 dan ortiq gor-monal 
restetorlar aniqlangan, ularning 50% nishon-hujayra membranasida, qolgan-lari 
hujayra ichida joylashgan. Hujayra membranasidan uning ichiga o’tolmay-digan 
gormonlar hujayra tashqi yuzasida joylashgan resteptorlarga ega. Oqsil gormonlar 
va katexolaminlar uchun resteptorlar hujayra membranasi tashqi yuzasida 
joylashgan. Adrenalin ta’sir etuvchi alfa- va beta- adreno-resteptorlar, 
prostaglandinlar ta’sir etuvchi 6 turdagi resteptorlar aniqlangan. Ko’pchilik 
gormonlar uchun resteptorlar xali topilmagan. 
Barcha gormonal resteptorlar hujayraning maxsus strukturalari bo’lib, ular bilan 
bog’lanish gormon samarasining asosiy shartidir. Resteptorlar gormon-larga 
nisbatan yuksak yaqinlik va tanlanuvchanlikka ega, ammo shu bilan birga ular 
strukturasi bo’yicha gormonlar bilan bir xil bo’lmagan moddalarni ham biriktira 
oladi. Shuning uchun tibbiyot adabiyotlarida gormon ta’siriga o’xshatib samara 
beruvchi moddalar mimetiklar deyiladi. Resteptorlar bilan birikadigan, ammo 
biologik samara bermaydigan yoki gormonning resteptor bilan birikishiga yo’l 
qo’ymay-digan moddalar litiklar deb ataladi. 
Bir hujayrada va hatto bir membrananing o’zida resteptorlarning o’nlab turlari 
joylashgan bo’lishi mumkin. Resteptorlar oqsil strukturali bo’lib, endoplazmatik 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin