Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
1) gormonal yoki haqiqiy endokrin – gormon uni sintezlagan hujayradan qon 
oqimiga o’tib, qon bilan nishon-a’zoga etib boradi va o’zi hosil bo’lgan joydan 
ancha uzoqda faoliyat ko’rsatadi; 
2) parakrin ta’sir - sintezlangan joydan gormon hujayradan tashqi bo’shliqqa
o’tadi va u yerdan atrofdagi nishon-hujayralarga ta’sir etadi; 
3) izokrin ta’sir parakringa o’xshaydi, ammo bunda gormonni sintezlovchi 
hujayra bilan nishon-hujayra o’zaro yaqin aloqada; 
4) neyrokrin ta’sir – gormonning ta’siri mediator ta’siriday bo’ladi; 
5) autokrin ta’sir – hujayrada sintezlanadigan gormon mazkur hujayraning 
o’ziga ta’sir etadi, ya’ni bunda bir hujayraning o’zi ham gormon hosil qiluvchi ham 
nishon-hujayra vazifasini bajaradi. Eng muhimi, endokrin va parakrin samaralarni 
aniq chegaralash lozim. 
Gormonlarning qon bilan tashilishi turli yo’l bilan amalga oshiriladi. Suvda 
eriydigan gormonlar plazmada erkin ko’rinishda, boshqa gormonlar plazma oqsillari 
yoki shaklli elementlar bilan birikkan holda tashiladi. Albuminlar, gamma 
globulinlar, transferon kabi muayyan gormonlarni biriktirib, kom-plekslar hosil 
qiluvchi qon plazmasi oqsillari mavjud. Gidrofillik xususiyatga ega bo’lgan oqsil 
gormonlar qonda yaxshi eriydilar va maxsus toshuvchilarga muxtoj emaslar. 
Ularning qonda va to’qimalarda parchalanishi nishon-hujayralar, qon, jigar va 
buyraklardagi maxsus proteinazalar tomonidan amalga oshiriladi. 
Mazkur gormonlar qondagi hayotining yarim davri 10-20 daqiqa. Steroid 
gormonlarni qonda maxsus globulinlar va transkortin tashiydi, ularning qondagi 
hayoti yarim davri 0,5-1,5 soat. Adrenalin, noradrenalin va dofaminning faqatgina 
5-10% qonda erkin holda, qolgani oqsillar bilan birikkan holda tashiladi, ularning 
qondagi hayotining yarim davri 1-3 daqiqa.
Gormonlarning xarakterli xossasi ularning yuksak fiziologik faolligidir. 
Gormonning juda kichik miqdori ham organizm funksiyalarini o’zgartiradi. 
Masalan, adrenalin ajratib olingan yurakka 1:10 ning 7 darajasi g\ml konsen-
trasiyada ham ta’sir eta oladi. Insulinning 1 g 125000 quyonda qondagi shakar 
miqdorini kamaytirishga yetarlidir. Gormonlar to’qimalarda, jumladan jigarda, 
nisbatan tez parchalanadi. Shuning uchun gormonlarning qondagi miqdori muayyan 
bir me’yyorda saqlanishini, ularning uzluksiz va uzoqroq vaqt davomida ta’sir 
etishini ta’minlash uchun gormonlar ichki sekresiyasi bezlaridan uzluksiz ravishda 
ajratilishi kerak. 
Endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda qator usullardan foydalaniladi. Bu 
usullardan eng ko’p qo’llaniladiganlari quyidagilar: 
1.Ekstirpastiya- operastiya yo’li bilan bezni olib tashlash. Bez ekstirpastiyasidan 
so’ng paydo bo’lgan belgilar kompleksi uning faoliyatini aniq xarakterlab beradi. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin