Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
2) gormonning hujayraga o’ziga xos spestifik ta’sirini ta’min etuvchi 
fragmentlar; 
3) gormonning faollik darajasi va gormon molekulasi boshqa xossalarini 
boshqaruvchi fragmentlar ajratiladi. 
Gormonlarning ta’siri nishon-a’zolar hujayralaridagi ba’zi fermentlarning 
katalitik faolligini kuchaytirish eki susaytirish orqali yuzaga chiqadi. Bundan 
tashqari gormonlar hujayralarda fermentlar sintezini tezlashtirib, undagi fermentlar 
miqdorini oshirish yo’li bilan ta’sir qiladi. Gormonlar qon bilan barcha a’zo va 
to’qimalarga etkazilsa ham, faqat shu gormonga nisbatan sezuvchan bo’lgan 
resteptorli hujayralarga ta’sir qiladi. Hujayralardagi resteptorlar maxsus oqsildan 
iborat bo’lib, hujayra ichida yoki uning membranasi tashqi yuzasida joylashgandir. 
Hujayra ichiga o’tolmaydigan katexolaminlar va peptid gormonlar 
membranaga tashqaridan ta’sir etadi. Bu ta’sirni hujayra ichidagi organoidlarga 
maxsus vositachilar-mediatorlar (siklik adenozinmonofosfat-sAMF, siklik gua-
nozinmono-fosfat-sGMF, Ca 
2+
ionlari, prostaglandinlar v.b.) etkazib beradi. 
Hujayra membranasidan nisbatan osonroq ichkariga o’tuvchi steroid va muayyan 
darajada yodtironinlar hujayra ichidagi tuzilmalarga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu 
gormonlar yadroda sodir bo’luvchi jarayonlarga ta’sir etib, oqsil sintezini 
o’zgartiradi. Shuning uchun bu ta’sir asta-sekin ishga kirishadi va uzoq davom etadi.
Umuman gormonlar uchta juda muhim vazifani bajaradi: 
1.Organizmning jismoniy, jinsiy va ruhiy rivojlanishi va ko’payishini 
ta’minlaydi. 
2.Organizm va uning tizimlarini doim o’zgarib turuvchi sharoitlarga 
moslashtiradi. 
3.Ba’zi fiziologik ko’rsatkichlarning (qonda glyukoza, kalstiy, fosfor v.b. 
miqdorining) barqarorligini saqlaydi – gomeostatik faoliyat. 
Gormonlarning moddalar almashinuviga ta’sirini metabolik, shakllantiruvchi 
jarayonlar, tafovutlanish, o’sishga ta’sirini morfogenetik, a’zolar faoliyatini ishga 
solishini kinetik, a’zolar faoliyatini kuchaytirishi, susaytirishi yoki yo’naltirib 
turishini korreksiyalovchi ta’sir deyiladi. 
Faoliy yunalganligi bo’yicha gormonlarni uch guruhga bo’lish mumkin:
1.Nishon-a’zolarga bevosita ta’sir qiluvchi effektor gormonlar. 
2.Effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gla-ndotrop 
gormonlar.
3.Gipotalamusning asab hujayralarida sintezlanuvchi va glan-dotrop 
gormonlarning ajralishini boshqaruvchi rilizing va ingibitor gormonlar. 
Gormonlar tomonidan amalga oshiriladigan gumoral ta’sirlarning quyidagi 
variantlari (Balabolkin M.M.1989y. bo’yicha) tafovut qilinadi. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin