novateurpublication.org turadi. Shuning uchun adrenalinni ba’zan “suyuq simpatik nerv tizimi” deb
ataydilar.
Buyrak usti bezlarining sekretor nerv tolalari ta’sirlanganda adrenalin va
noradrenalin sekresiyasi kuchayadi. Boshida adrenalin qo’proq ishlab chiqa-riladi,
vaqt o’tishi bilan noradrenalin sekresiyasi kuchayib, adrenalin ishlab chiqarilishi esa
kamayadi. Odatda noradrenalindan adrenalin hosil bo’ladi. Buyrak usti bezi uzoq
vaqt kuchanib ishlaganda noradrenalinni adrenalinga aylantirib ulgurolmaydi.
Organizm faoliyatining kuchayishi, moddalar almashinuvining oshishini talab
etuvchi har qanday sharoitda, masalan ruhan – emostional qo’zg’alish, jismoniy ish,
sovuq qotish v.h. vaqtida adrenalin ko’plab ishlab chiqariladi. Talabalarda
imtixonlar vaqtida va sportchilarda start oldi davrida- musoba-qalar arafasida qonda
glyukoza miqdorining oshishi va siydikda qand paydo bo’lishi adrenalin
sekresiyasining kuchayishi bilan tushuntiriladi.
Buyrak usti bezi po’stlog’ida uch zona ajratiladi: tashqi koptokchali, o’rta
tutamli va ichki turli. Bezning po’stloq qismidan 50 ga yaqin kortikosteroidlar
ajratib olingan, ammo ulardan faqat 8 tasi fiziologik faollikka ega. Buyrak usti bezi
po’stlog’ining gormonlari 3 guruhga bo’linadi:
1) Mineralokortikoidlar – koptokchali zona hujayralari tomonidan ajratiladigan va
mineral almashinuvni boshqaruvchi aldosteron va dezoksikortikosteron;
2) Glyukokortikoidlar – tutamli zona tomonidan ajratiladigan va oqsillar,
karbonsuvlar va yog’lar almashinuviga ta’sir etuvchi gidrokortizon, kortizon va
kortikosteron (oxirgisi bir vaqtning o’zida mineralokortikoid ham);
3) Jinsiy gormonlar – androgenlar, estrogenlar, progesteron turli zonada
sekresiyalanadi.
Mineralokortikoidlar mineral moddalar almashinuvi va birinchi navbatda qon
plazmasida natriy va kaliy miqdorini boshqarishda qatnashadi. Ulardan aldosteron
ayniqsa faol va buyrak kanalchalari epiteliy hujayralarida natriy nasoslari samarasini
oshiruvchi fermentlar sintezini faollashtiradi. Buning oqibatida Na+ va Cl─
reabsorbsiyasi kuchayib, ularning qon, limfa va to’qima suyuqligidagi miqdori
oshadi. Shu bilan birga aldosteron buyrak kanalchalarida K+ reabsorbsiyasini
pasaytiradi. K+ siydik bilan chiqariladi va uning organizmdagi miqdori kamayadi.
Me’da ichak, so’lak va ter bezlari epiteliy hujayralarida ham shunga o’xshash
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aldosteron shu yul bilan haddan ortiq terlaganda natriy
yo’qotilishi oldini oladi.
Qon va to’qima suyuqligida natriy konsentrasiyasining oshishi osmotik bosimni
ko’tarib, suvning organizmda yig’ilishi va qon bosimining oshishiga olib keladi.
Buning oqibatida buyrakda renin sekresiyasi tormozlanadi. Kuchaygan Na+
reabsorbsiyasi gipertoniya kasalligiga sabab bo’lishi mumkin. Mineralokortikoid-
lar yetishmovchiligida kanalchalarda natriy reabsorbsiyasi pasayadi va organizm