novateurpublication.org shunchalik ko’p natriy yuqotadiki, ichki muhit keskin o’zgarishi oqibatida buyrak
usti bezi po’stlog’i olib tashlanishidan bir necha kun o’tganda hayvon o’ladi.
Bunday hayvon organizmiga mineralokortikoidlar yuborib, uni hayotini saqlab
qolish mumkin. Shuning uchun mineraloko-rtikoidlarni hayotni saqlab qoluvchi
gormonlar deydilar. Buyrak usti bezida mineralokortikoidlar sekresiyasi
organizmdagi natriy va kaliy miqdoriga bevosita bog’liqdir. Natriyning ko’payishi
aldosteron sekresiyasini tormozlaydi. Qonda natriyning kamayishi aldosteron
sekresiyasini kuchaytiradi. K+ ionlariing buyrak usti bezi koptokchali zonasiga
ta’siri teskari va kuchsizroq. Gipofizning adrenokortikotrop gormoni ham
aldosteron sekresiyasini bir muncha kuchaytiradi.
Harakatdagi qon hajmining o’zgarishi o’ng yurak volyumoresteptorlari
tomonidan qabul qilinadi. Bu resteptorlardan impulslar gipotalamusga borib, AKTG
hosil bo’lishi va aldosteron sekresiyasiga ta’sir etadi. Harakatdagi qon hajmining
oshishi aldosteron sekresiyasini tormozlaydi. Natijada organizmdan Na+ ionlari va
u bilan birga suv chiqarilib, harakatdagi qon va organizmdagi suv miqdori me’yoriga
yetkaziladi. Harakatdagi qon hajmi kamayganda xuddi shu yo’l bilan aldosteron
sekresiyasi kuchaytiriladi. Qon plazmasi osmotik bosimi-ning o’zgarishlari
osmoreseptorlar, gipotalamus va gipofiz orqali aldosteron sekresiyasini o’zgartiradi
va osmotik bosimni me’yoriga keltiradi.
Sunggi yillarda aldosteron sekresiyasini boshqaruvchi asosiy omil renin-
angiotenzin-aldosteron tizimi faoliyati ekanligi aniqlangan. Qon bosimi pasay-
ganda simpatik nervlar ta’sirida buyrak arteriyasi torayadi. Buyrakdagi qon
oqimining pasayishi yukstaglomerulyar nefronlarda ko’plab renin ishlanishiga olib
keladi. Ferment tabiatli renin plazmadagi globulinlardan bo’lgan angioten-zinogenni
angiotenzin I ga aylantiradi. Angiotenzin I dan angiotenzin II hosil bo’ladi,
angiotenzin II esa aldosteron sekresiyasini kuchaytiradi. Gipofizning AKTG
gormoni ham aldesteron sekresiyasini bir oz kuchaytiradi.
Glyukokortikoidlar (kortizon, gidrokortizon, kortikosteron) karbonsuvlar,
oqsillar va yog’ar almashinuviga ta’sir etadi. Ulardan eng faoli kortizon. Bu
gormonlar jigarda glyukoza hosil bo’lishini qo’zg’atib, qonda qand miqdorini
oshirish qobiliyatiga ega bo’lganlari uchun shunday nomlanganlar. Bu jarayon
aminokislotalar dezaminastiyasini tezlashtirish va ularning azotsiz qoldiqlarini
karbonsuvlarga aylantirish (glyukoneogenez) yo’li bilan amalga oshadi deb tasavvur
qilinadi. Bu vaqtda jigarda glikogen miqdori hatto oshishi mumkin.
Glyukokortikoidlar adrenalindan mana shu bilan farq qiladi. Adrenalin ta’sirida
qonda glyukoza ko’payadi, ammo jigarda glikogen kamayadi.
Glyukokortikoidlar sekresiyasining ortishi ham, kamayishi ham, organizmda
jiddiy o’zgarishlar paydo qiladi. Qonda kortizon ko’payib ketishi gipergli-kemiyaga,
semirib ketishga, qon bosimining oshishiga, shish paydo bo’lishiga va b. ga olib