Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
keladi. Bu gormonlarning yetishmovchiligi Addison kasalligi rivojlanishiga sabab
bo’ladi. Teri qorayib, jez rangini oladi, skelet va yurak muskullari quvvatdan ketadi, 
odam salga charchab qoladi, yuqumli kasalliglarga chalinadigan bo’lib qoladi. 
Organizmga gidrokortizon yuborilganda ovqat tarkibida oqsil yetarli bo’lsa ham, 
manfiy azot balansi vujudga keladi, bu esa oqsil parchalanishi uning sintezidan ustun 
ekanligidan darak beradi. Natijada modda almashinuvining azotli maxsulotlari 
siydik bilan ko’plab chiqariladi. Gidrokortizon ta’siri ostida oqsil almashinuvining 
o’zgarishi turli to’qimalarda turlicha: limfoid to’qimada oqsil parchalanishi 
kuchayadi, mushaklarda oqsil sintezi pasayadi. 
Glyukokortikoidlar yog’ depolaridan yog’ning safarbar etilishi va energiya 
manbai sifatida sarflanishini kuchaytiradi. Glyukokortikoidlar MATni qo’zg’a-
tadi, uyqusizlik, eyforiya, umumiy qo’zg’alganlikni keltirib chiqaradi. Mazkur go-
rmonlar sezgi a’zolari faoliyatiga ham ma’lum darajada ta’sir kursatadi. 
Glyukokortikoidlar yetishmaganda ta’m va hid sezish, eshitish buziladi. 
Glyukokortikoidlar skelet mushaklarining kuchsizlanishi va atrofiyasiga sharoit 
yaratadi. Skelet suyaklarining o’sishi, rivojlanishi va regenerastiyasini tormoz-laydi. 
Kortizon kollagen va fibroblastlar hosil bo’lishini tormozlab, distrofiya va terining 
bo’shashib, bujmayib qolishiga olib keladi. 
Kortizon mushaklardagi tomirlarning tomir toraytiruvchi omillarga sezuv-chan-
ligini oshiradi va endoteliy o’tkazuvchanligini pasaytiradi. Organizmda 
glyukokortikoidlar bo’lmasa ham odam darrov o’lmaydi. Ammo glyukokor-
tikoidlar sekresiyasi pasayganda organizmning turli zararli ta’sirotlarga qarshi-lik 
ko’rsatish qobiliyati pasayadi. Shu sababli yuqumli kasalliklar va boshqa patogen 
jarayonlar og’ir kechadi va o’limga olib kelishi mumkin. Glyuko-kortikoidlar 
yallig’lanish va allergik reaksiyalarni kuchsizlantiradi, shunga asoslanib ularni 
surunkali pnevmoniya, revmatizm va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatadilar va 
yallig’lanishga qarshi gormonlar deb ataydilar. 
Og’riq, shikastlanish, qon yuqotish, ba’zi zaxarlanishlar, yuqumli kasalliklar, 
og’ir ruhiy kechinmalar, kuchli sovuq yoki issiq ta’sir etgan vaqtda glyukokorti-
koidlar sekresiyasi kuchayadi. Bunday holatlarda reflektor yo’l bilan buyrak usti 
bezi mag’iz moddasidan adrenalin sekresiyasi kuchayadi. Adrenalin qon bilan 
gipotalamusga borib, unda kortikoliberin sekresiyasini kuchaytiradi, bu omil gipofiz 
oldingi bo’lagida AKTG sekresiyasini qo’zg’atadi, AKTG esa glyuko-kortikoidlar 
ishlanishini qo’zg’atadi. Gipofiz olib tashlanganda buyrak usti bezi po’stlog’ining 
tolali zonasida atrofiya kuzatiladi va glyukokortikoidlar sekresiyasi keskin 
kamayadi. 
Xulosa qilib aytganda, glyukokortikoidlar ta’siri quyidagi samaralarda namoyon 
bo’ladi: 
1. Moddalar almashinuvining barcha turlariga ta’sir etadi. 


32 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin