novateurpublication.org Melatonin sekresiyasi kecha-kunduzgi ritm asosida sodir bo’ladi va gonadotrop
gormonlar, jinsiy funksiyalar, jumladan ayollar hayz sikli davomiyligini aniqlaydi.
Epifiz vaqtga nisbatan adaptastiya jarayonlarini ta’minlaydi, shuning uchun uni
organizmning “biologik soati” deydilar.
To’qima gormonlari. Gormonlar faqat maxsus endokrin bezlarda emas, balki turli a’zo va
to’qimalarning ixtisoslashgan hujayralari tomonidan ham ishlab chiqariladi. Hozir
to’qima va a’zolarda 50 ga yaqin gormonni sintezlash qobiliyatiga ega hujayralar
topilgan. Bu hujayralar hazm tizimi a’zolarida, o’pka, buyrak, yurak v.b.a’zolarda
uchraydi. Bu hujayralar APUD-tizimni tashkil qiladi. Apudositlar sintezlaydigan
gormonlar juda ko’p, ular serotonin va melatonin, katexolaminlar va gistamin,
gastrin, sekretin, motelin v.b. Hazm tizimidagi apudositlar 20 tur gormon ishlab
chiqaradi. Bu gormonlar hazm a’zolari faoliyatini boshqa-rishdan tashqari umumiy
modda almashinuvini nazorat qilishda ishtirok etadi. Ular enterin tizimi gormonlari
yoki gastrointestinal gormonlar deyiladi.
Sekretin o’n ikki barmoq ichakning shilliq pardasidagi maxsus hujayralar
tomonidan sintezlanadi va o’n ikki barmoq ichakka me’dadan xlorid kislota o’tib,
undagi pH 4,5dan pastga tushganda qonga o’tadi. Sekretin ta’sirida me’da osti
bezidan bikarbonatlarga boy shira ajralishi ko’payadi, o’t va ingichka ichak shirasi
bilan suv hamda tuzlar ajralishi ortadi. Sekretin xlorid kislota sekre-siyasini
to’xtatadi, hazm tizimi silliq mushaklarini tormozlaydi, ichak shilliq pardasidagi
enterositlar bo’linishi va ularda invertaza va maltaza fermentlari sintezlanishini
tezlashtiradi. Sekretin yurakdagi tomirlarga chiqadigan qon miqdorini, siydik
hajmini va undagi natriy, kaliy, bikarbonatlar miqdorini oshiradi. Gormon atamasi
ilk bor sekretinga nisbatan (1902 yilda) ishlatilgan.
Xolesistokinin yoki pankreozimin o’t pufagini qisqartiradi, undagi o’tni o’n ikki
barmoq ichakka chiqaradi, me’da osti bezidan fermentlar ajralishini kuchay-tiradi.
Xolesistokinin me’da harakatlarini tormozlab, ichak harakatlarini yaxshi-laydi,
insulin va glyukagon sekresiyasini tezlashtiradi. Xolesistokinin faqat o’n ikki
barmoq ichakda emas, balki markaziy va periferik neyronlarda ham sintezlanadi.
Bunday neyronlar katta yarimsharlar po’stlog’ida, limbik tizim va neyrogipofizda
topilgan. MATdagi xolesistokinin ishtahani boshqarishda ishtirok etishi va mediator
vazifasini bajarishi to’g’risida ma’lumotlar bor.
Gastrin me’daning pilorik qismidagi, o’n ikki barmoq ichidagi hujayralarda va
me’da osti bezining D-hujayralarida sintezlanadi va qon orqali me’da bezlari
faoliyatini rag’batlantiradi. Oqsil parchalanishi maxsulotlari, ovqatning ekstrak-tiv
moddalari va pilorus shilliq pardasiga mexanik ta’sirotlar, alkogol va adashgan
nervlar gastrin sekresiyasini tezlashtiradi. Ximusda xlorid kislota-nining ko’payishi
gastrin sekresiyasini tormozlaydi. Gastrin xlorid kislota va pepsinogenlar