Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
uzilib, ayolning bo’yida bo’ladi. Yorilgan Graaf pufakchasi o’rnida sariq tana 
rivojlana boshlaydi va u progesteron gormoni ishlab chiqaradi. Tuxum hujayra 
urug’lanmasa, keyingi ikki davr kuzatiladi. Ovulyastiyadan keyingi davrda ayollar 
hayz ko’radi, sariq tana atrofiyalanadi. 
Tibbiyot amaliyotida tuxumdonga oid va bachadonga oid jinsiy sikllar qabul 
qilingan. Tuxumdonga oid sikl 3 fazadan iborat: 
1) follikulyar faza – siklning 1-14 kunigacha; 
2) ovulyastiya fazasi – sikl ning 14 kuni; 
3) lyutein fazasi – 15-28 kunlar. 
Follikulyar fazada estrogenlar miqdori oshib borib, ovulyastiyaga bir kun qol-ganda 
maksimumga yetadi, 15 kundan progesteron ko’payib boradi. 
Bachadonga oid jinsiy sikl 4 fazadan iborat: deskvamasiya, regenerasiya, 
proliferasiya va sekresiya. Deskvamasiya fazasi 3-5 kun davom etadi va bu vaqtda 
hayz ko’riladi. Bu faza bilan deyarli bir vaqtda endometriyning qayta tiklanishi – 
regenerastiya boshlanadi va 5-6 kunda tugallanadi. 14 kun (ovulyastiyagacha) 
davom etadigan proliferastiya fazasida endometriy o’sadi va undagi bezlar 
ko’payadi. Sekresiya fazasida (15-28 kunlar ) progesteron ta’siri ostida endomet-
riy bezlari tarkibida glikogen bo’lgan sekret ajratadi. Bu fazada endometriy 
urug’langan tuxum hujayrani qabul qilishga tayyor.
Keyinchalik tomirlar torayishi tufayli nekroz bo’ladi va sikl yana takrorlanadi. 
Akusherlik-ginekologiya klinikalarida ayollarda jinsiy sikl normal kechayaptimi
ovulyasiya bormi degan savollarga javob topish uchun eng oddiy usuldan foyda-
lanadilar, eratablar bazal (to’g’ri ichakdagi) harorat o’lchanadi. 
Homiladorlik vaqtida ayollar organizmida anchagina gormonal o’zgarishlar sodir 
bo’ladi. Urug’langan tuxum hujayra bachadonga tushgach, bir necha kun erkin 
holatda bo’ladi, so’ngra implantastiya ro’y beradi. Bu jarayon progesteron va 
estrogenlarga muhtoj. Urug’langan tuxumdan rivojlangan blastostistaning bir 
qismidan va unga endosh bo’lgan endometriydan yo’ldosh rivojlanadi. 
Yo’ldoshning xorion nomli pardasi xorionik gonadotropin, plastentar laktogen 
gormon, progesteron va estradiol ishlab chiqaradi. 
Xorionik gonadotropin homiladorlikning boshlanishida sariq tana faolligini va 
undan progesteron ajralishini ta’minlaydi. Sariq tana homiladorlikning birin-chi oyi 
oxirida o’z faoliyatini tugatadi. Xorionik gonadotropin sariq tanadan pro-gesteron 
ajratilishini qo’zg’atish va gipofizda FSG sekresiyasini tormozlash orqali 
homilaning rivojlanishi va homiladorlikning saqlanishiga sharoit yaratadi.
Mazkur gormon homilaning o’sishi va rivojlanishiga, undagi to’qimalar-ning 
tafovutlanishiga ta’sir etadi. Xorionik gonadotropinning ona qonida aniq-lanishi 
homiladorlikning borligi to’g’risida eng birinchi belgilardandir. Embrion 
moyaklarida testosteron sintezlanib, erkaklarga xos jinsiy rivojlanish ham xorionik 


37 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin