novateurpublication.org bolaning tuxumdonlari ilk bor faollik ko’rsata boshlaydi. Natijada o’g’il bolaning
qonida testosteron miqdori, qiz bolalarda esa estrogenlar miqdori osha boradi.
Testosteron moyaklarda urug’ naychalarining rivojlanishini va spermatositlar
hamda spermatozoidlar hosil bo’lishini ta’minlaydi. Jinsiy balog’atga yetish davrida
testosteron ta’siri ostida jinsiy olat va moyak kattalashadi, terida erkakcha tipdagi
tuk (soch)lar rivojlanadi, tovush o’zgaradi. Bundan tashqari testosteron oqsil
sintezini kuchaytiradi, natijada o’sish va jismoniy rivojlanish tezlashadi, muskullar
vazni oshadi. Testosteronning suyak skeleti shakllanishi jarayonlariga ta’siri
suyakning oqsilli asosi hosil bo’lishini tezlashtirish va suyaklarda kalstiy yig’ilishini
kuchaytirishdan iborat. Buning oqibatida suyak uzunlashadi, qalinlashadi va
mustahkam bo’ladi.
Testosteronning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, u hujayra ichiga kirib,
yadro va organellalardagi resteptorlar bilan bog’lanadi va oqsil hamda nuklein
kislotalar sintezini o’zgartiradi.Testosteron sekresiyasini adenogipo-fizning
lyuteinlovchi gormoni (LG) boshqarib turadi. Jinsiy balog’atga yetish davrida LG
hosil bo’lishi oshadi. Qonda testosteron miqdori ko’payganda manfiy qayta
bog’lanish mexanizmi bo’yicha LG ajratilishi tormozlanadi. Erkaklar jinsiy
gormonlari yetishmovchiligida evnuxoidizm rivojlanadi: birlamchi va ikkilamchi
jinsiy belgilar rivojlanishi kechikadi, suyaklar orasidagi mutanosiblik buziladi,
ko’krak, qorin pastida va sonlarda yog’ yig’iladi. Aksariyat sut bezlari kattalashadi
va ruxiy o’zgarishlar paydo bo’ladi.
Estrogenlar esa follikullarning o’sib, rivojlanishi va ulardan Graaf pufakchalari
hosil bo’lishi uchun zarur. O’smirlik davrida o’g’il va qiz bolalarning tashqi qiyofasi
o’zgarib, ikkilamchi jinsiy belgilar tez rivojlanadi. Qizlarda estrogen-larning
qondagi miqdori siklik ravishda o’zgara boshlaydi. Gormonlar qonda va siydikda
ko’payib, yetilgan Graaf pufakchasi erilib, undan tuxum hujayra chiqadi
(ovulyastiya). Bir necha kun o’tgach qiz birinchi marta hayz ko’radi. Keyingi bir
necha oy mobaynida jinsiy sikl va ovulyastiya muntazam takrorlanadigan bo’ladi.
Qizlar balog’atga yetgach, ovulyastiya har 27-28 kunda takrorlanadi. To’rt hafta
davom etadigan bu jinsiy sikl 4 davrga bo’linadi:
1) ovulyastiyadan oldingi davr;
2) ovulyastiya davri;
3) ovulyastiyadan keyingi davr;
4) tinchlik davr.
Ovulyastiyadan oldingi davrda gipofizdan FSG gormoni qonga ko’proq o’tadi,
estrogenlar sekresiyasi oshadi va Graaf pufakchasi yetiladi. Ovulyastiya davrida
tuxum hujayra Fallopiy nayiga kirib, bachadon tomon siljib boradi va naydan
o’taturib spermatazoid bilan uchrashsa, urug’lanadi. Urug’langan tuxum hujayra
bachadonga yetib borib, uning shilliq pardasiga yopishadi. Jinsiy sikl shu yerda