novateurpublication.org 2) kapilyarlar o’tkazuvchanligining oshishi suyuqlikning tomirlardan chiqishi,
aylanib yurgan qon hajmining kamayishi va arterial bosimning pasayishiga sabab
bo’ladi;
3) gistamin so’lak va me’da sekresiyasini rag’batlantiruvchi kuchli omildir, uning
bu xususiyatidan me’da bezlari funksional holatini tekshirishda foydalaniladi;
4) gistamin allergik reaksiyalarning faol ishtirokchisidir.
Kininlar kininogendan kallikrein fermenti ishtirokida hosil bo’ladi.
Bradikinin qon tomirlarni kengaytiradi va kapillyarlar o’tkazuvchanligini oshiradi. Bradikinin
issiq sharoitda tomirlarni kengaytirib, ter ajratilishini ko’paytiradi. Prostaglandinlar
(PG) araxidon kislotadan sintezlanadi, ular ilk bor uruq suyuqligida topilgan, ammo
ularni deyarli hamma hujayralar ishlab chiqarishi mumkin. PG turli jarayonlarga
ta’sir etadi. Tomirlarni kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi. Ajratiladigan siydik
hajmi va undagi natriy miqdorini ko’paytiradi, bronxlarni kengay-tiradi, hazm
a’zolari va bachadon mushaklarini qisqartiradi, me’da shirasida HCl miqdorini
kamaytiradi. PG qalqonsimon bezda va buyrak usti bezi po’stloq qavatida gormonlar
sekresiyasini tezlashtiradi. PG lardan bo’lgan tromboksan tomirlarni toraytirib,
trombositlar agregastiyasini tezlashtiradi, tana haroratini oshirish qobiliyatiga ega.
Hozirgi kunda 20 ga yaqin prostaglandinlar aniqlangan. Prostaglandinlar sintezi
fosfolipaza A2 fermenti ishtirokida sodir bo’ladi, bu jarayon hujayralar membranasi
fosfolipidlaridan to’yinmagan yog’ kislotasi araxidon kislota ajratilishidan
boshlanadi. Fosfolipaza A2 fermenti yetarli darajada faol bo’lishi uchun kalstiy
ionlari va sAMF kerak. Estrogenlar mazkur fermentni faol-lashtiradi. Araxidon
kislotadan prostaglandinlarning to’rt guruhi hosil bo’ladi: leykotrienlar, prosta-
glandinlarning o’zi, tromboksanlar va prostasiklinlar.
Prostaglandinlarning yarim parchalanish davri 1 dan 20 sekundgacha. Ularni
parchalovchi fermentlar barcha to’qimalarda mavjud, ammo o’pkalarda bunday
fermentlar eng ko’p. Prostaglandinlar fakat mahalliy ta’sir ko’rsata oladi, qonda ular
bir necha sekund saqlanadi, shu sababli bu moddalarni gormonsimon moddalar
deyiladi. Prostaglandinlarning fiziologik mohiyati hali to’la o’rganilmagan.
Tomirlar endoteliy qatlamida aksariyat sintezlanadigan prosta-siklinlar trombositlar
agregastiyasi va adgeziyasiga qarshilik ko’rsatadi, degan ma’lumotlar mavjud. Ular
koronar tomirlarda qon oqimini yaxshilaydi, demak prostosiklinlardan miokard
infarktini oldini olish maqsadida foydalanish mumkin. Prostasiklin-larning yurak
ritmining buzilishlarini bartaraf etish qobiliyati va yurak muskuli qisqaruvchanligini
oshirishi ham aniqlangan.
E1 va E2 guruhidagi prostaglandinlar yallig’lanish jarayonlari va allergik
reaksiyalarning rivojlanishiga sharoit yaratadi, og’riq resteptorlarining ta’sirotga
sezuvchanligini oshiradi, tana haroratini ko’tarishda ishtirok etadi. Kortizol
ko’pchilik to’qimalarda membrana fosfolipidlaridan araxidon kislata ajralib chi-