Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
Buyraklar endokrin funksiyalari.
Buyraklarda endokrin funksiyalarni 
bajarishga ihtisoslashgan maxsus to’qima yo’q, ammo qator hujayralar 
gormonlarning barcha xossalariga ega bo’lgan fiziologik faol moddalar sintezlash 
va sekresiya qilish qobiliyatiga ega. Hozirgi kunda buyraklarning quyidagi 
gormonlari aniqlangan: 
1) kalsitriol – kalstiy almashinuvini boshqaruvchi uchinchi gormon; 
2) renin – renin-angiotenzin-aldosteron tizimining boshlangich zvenosi; 
3) eritropoetin. 
Kalsitriol kalstiy almashinuvini boshqaruvchi boshqa ikki gormonlar- 
trikalsitonin va paratireoidindan farq qilgan holda steroid tabiatlidir. Kalsitriol hosil 
bo’lishi uch bosqichda kechadi. Terida ultrabinafsha nurlar ta’sirida provi-tamindan 
D3 vitamini hosil bo’ladi. Jigarda unga gidroqsil guruhi qo’shiladi, vujudga kelgan 
birikma qon orqali buyraklarga yetkaziladi. Buyraklarda faollashtirilib, kalsitriolga 
aylantiriladi. Kalsitriol ishlanishini paratireoidin va gipokalsimiya-qonda kalstiy 
miqdorining kamayishi kuchaytiradi. Bu gormon o’z faolligidan jigarda mahrum 
bo’ladi. 
Kalsitriol asosan ichaklarga, buyraklarga va suyak to’qimasiga ta’sir etadi. Bu 
gormonning ichaklarga ta’siri kalstiy so’rilishini faollashtirishdan iborat. Kalsitriol 
ichaklarda kalstiy so’rilishining uch bosqichini ham qo’zg’atadi; uning ta’sirida 
ichak hujayralari yuza membranasi kalstiyni biriktirib oladi, hujayra ichida kalstiy 
tashilishi tezlashadi va bazolaterial membrana orqali hujayradan tashqi muhitga 
chiqarilishi jadallashadi. Ichak epitelial hujayralariga kalsitriol ta’sirining 
mexanizmi hujayra yadrosi orqali kalstiyni biriktirib oluvchi va uni tashuvchi 
oqsillar sintezini rag’batlantirishdan iborat. Kalsitriol ichakda fosfor so’rilishini ham 
kuchaytiradi. Buyraklarda gormon kalsiy va fosfatlarning reabsorbsiyasini 
kuchaytiradi. Kalsitriolning suyak to’qimasiga samarasi osteo-blastlarni bevosita 
faollashtirish va ichaklarda so’rilgan kalstiyning suyaklarda yig’ilishini ta’minlash 
bilan bog’liq, natijada suyaklar o’sishi faollashadi. 
Ko’pchilik to’qimalar (sut bezlari,qator endokrin bezlar)hujayralarida kalsi-
triolga nisbatan sezuvchan maxsus resteptorlarning mavjudligi gormonning turli 
hujayralarda kalstiy tashilishini faollashtirish qobiliyati borligidan va uning 
samarasi kengligidan darak beradi. Kalsitriol yetishmovchiligida raxit kasalligi 
rivojlanadi, bolalarda tog’aylarning suyakka aylanishi va ularda kalstiy yig’ilishi 
keskin pasayadi, suyaklar yetarli darajada qattiq, mustahkam bo’lmaydi va 
qiyshayadi. Qonda kalsiy miqdorini kamayishi esa nerv-muskul qo’zg’aluv-
chanligining buzilishiga va mushaklarning holsizlanishiga sabab bo’ladi. 
Renin 
buyraklardagi yukstaglomerulyar hujayralarda hosil bo’ladi, bu hujay-
ralar buyrak koptokchasining keltiruvchi arteriolasini o’rab olgan. Yuksta-


43 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin