novateurpublication.org qishini tormozlash orqali prostaglandinlar hosil bo’lishini kamaytiradi.
Glyukokortikoidlarning yallig’lanishga qarshi ta’sirining mexanizmi shundan
iborat. Aspirinning isitmani pasaytirishi ham E1 prostaglandini sintezini bartaraf
etishi oqibatidir. P substanstiya, enkefalin va endorfinlar og’riqni sezish va
xissiyotlar shakllanishida katta rol o’ynaydi. P substanstiya tomirlarni kengaytiradi,
so’lak, pankreatik shira va o’t ajralishini tezlashtiradi.
Enkefalin va endorfinlar organizmning o’zida sintezlanadigan narkotik-lardir,
ular og’riq sezgisini kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, ularni endogen opiatlar
yoki neyropeptidlar ham deyiladi. Enkefalin va endorfinlarning og’riqni
kamaytirishi va kayfiyatni yaxshilashi organizmga tashqaridan kiritilgan qora dori
yoki morfiy (ko’knordan olinadigan dori)ga o’xshaydi. Ammo odam endogen
opiatlarga o’rganib qolmaydi. Endor-finlar ishlab chiqarilishini ba’zi ta’sirlar,
masalan, igna sanchish ko’paytiradi. Sog’lom organizmning og’riqni sezmasligi
og’riqni paydo qiluvchi va og’riqni yo’qotib turuvchi tizimlarning muvozanatda
bo’lishiga bog’liq.
Yurakning endokrin funksiyasi. Bo’lmalar (asosan o’ng bo’lma) kardio-
miositlari natriyuretik gormon yoki atriopeptid ajratadi. Bu gormon sintezini
bo’lmalarning qon ta’sirida cho’zilib kengayishi, qonda natriy ko’payishi, qondagi
vazopressin, adashgan va simpatik nervlar, arterial bosimning ko’tarili-shi
qo’zg’atadi. Atriopeptid tomirlarda silliq mushaklarni bo’shashtiradi, vazo-
dilyatastiya orqali qon bosimini pasaytiradi, natriy ekskrestiyasini (30 maro-
tabagacha) va xlor chiqarilishini (50 marota-bagacha) keskin oshiradi, chunki u
buyrakda natriy va xlor reabsorbsiyasini pasaytiradi. Koptokchalardagi filtrasiya va
kanalchalar reabsorbsiyasini kuchay-tirib, diurezni oshiradi. Renin sekresiyasini
bug’ib, renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga qarshi faoliyat ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda natriyuretik gormon buyraklarda, gipotalamusda, qon plazma-
sida, buyrak usti bezi mag’iz qavatida topilgan. Mazkur gormonning maxsus
resteptorlari qon tomirlarda, buyraklarda, yurakda, bosh miya po’stlog’ida va buyrak
usti bezining koptokchali zonasida aniqlangan.Atriopeptidning asosiy ta’sir qilish
mexanizmi
uning
buyrak
koptokchalarida
filtrasiyani
kuchaytirishi
va
aldosteronning buyraklarga ta’sirini bartaraf etishidan iborat. Natijada organizm-dan
siydik bilan natriy va suv chiqarilishi kuchayadi. Qon tomirlardagi silliq muskul
tolalariga ta’sir etib, arterial bosimni pasaytiradi.
Shunday qilib, natriyuretik gormon ta’siri organizmda arterial bosim va suv-tuz
almashinuvini normallashtirishga qaratilgan. Hozirgi vaqtda gormon labora-
toriyada sintezlangan va undan bemorlarni davolashda foydalaniladi. Natiyuretik
gormon haqidagi ma’lumotlar ichki sekresiya bezi bo’lmagan to’qimada fiziologik
faol moddalar ishlab chiqarish qobiliyati bo’lishi va bu modda mazkur tuzilma
faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.