Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
ni tashkil etadi. Saxarozaning manbai: qovun - tarvuz, sabzavot va mevalardir. Sut 
qandi - laktoza faqat sutda bo`ladi. 
laktozaning ahamiyati quyidagilardan iborat: 
1.Ichaklarda bijg’ish jarayonini kamaytiradi. 
2.Ichakdagi foydali mikroorganizmlarning faoliyatini normallashtiradi. 
3.Zararli mikroorganizmlarning rivojlanishiga yo`l qo`ymaydi. 
Murakkab karbonsuvlar
. Murakkab karbonsuvlarga kraxmal, glikogen, 
pektin moddasi va sellyuloza (klechatka) kiradi. Ovqat tarkibidagi karbonsuvlar-
ning 80 % yaqini kraxmal tashkil etadi.Glikogen jigarda ko`p miqdorda bo`ladi. U 
tana muskullarining harakati, a`zo va tizimlarning oziqlanishida quvvat manbai 
bo`lib hisoblanadi.100 gramm to`qimaga glikogenning miqdori quyidagicha: mus-
kullarda 0,3 – 0,9 gramm, yurak muskullarida – 0,5 gramm va miyada- 0,15- 0,20 
grammga teng.
Inson ichagidagi bezlar sellyulozani parchalovchi ferment ishlab chi-qar-
maydi, shuning uchun ham u hazm bo`lmaydi. Ammo ichakdagi ayrim bak-teriyalar 
sellyulozani parchalovchi ferment ishlab chiqaradi va ularning ta`sirida tsellyuloza 
eriydigan birikmalarga parchalanadi hamda qisman so`riladi.Donli maxslotlar 
kartoshka va sabzavot maxsulotlari ko`plab klechatka tutishi bilan xarakterlanadi.
Klechatkaning ahamiyati: 
1. Ichak peristaltikasini kuchaytiradi. 
2. Organizmdan xolestirinni chiqaradi. 
3. Sterinlarni so`rib oladi va qayta so`rilishiga yo`l qo`ymaydi. 
4. Foydali ichak mikroflorasini normallashtiradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, oddiy va murakkab karbonsuvlar faqat
kimyoviy tuzilishlari bilan farqlanib qolmasdan, balki organizmdagi turli tuman 
fiziologik funktsiyalarga ta`sir etishi bilan ham bir – biridan farqlanadi. 
Karbonsuvlarning asosiy fiziologik ahamiyatidan biri ularning quvvatlilik 
xususiyatidir. Karbonsuvlar organik muskul tizimlari faoliyati jarayonida sarf 
qilinadigan quvvatni ta`minlab turuvchi manbadir. Har bir gramm karbonsuv
organizmni 16,7 kJ (4,1kkal) quvvat bilan ta`minlaydi. Karbonsuvlarning quvvat-
liligi ularning aerob hamda anaerob yo`l bilan oksidlanish xossasi bilan belgilana-
di. Har qanday jismoniy mehnat natijasida organizmning karbonsuvlarga bo`lgan 
ehtiyoji ortadi. Karbonsuvlar hujayra va to`-qimalar tarkibiga kirib, plastik 
jarayonlarda ham qisman qatnashadi. Hujayra va to`qimalar tarkibidagi karbon-
suvlar quvvat maqsadida doimo sarf bo`lib turishiga qaramay, ovqat bilan etarli
miqdorda karbonsuvlar tushganda ularning hujayra va to`qimalardagi miqdori
doimiy ravishda ushlab turadi. 
Ayrim karbonsuvlar biologik faol xususiyatga ega bo`lib, organizmda max-sus 
funktsiyani bajaradi. Bunday karbonsuvlarga askorbinat kislotasi kiradi. Gepa-rin


49 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin