Moddalar almashinuvining fiziologik as


Karbonsuvlar almashinuvi va uning biologik ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
Monograph

Karbonsuvlar almashinuvi va uning biologik ahamiyati. 
Karbonsuvlar o`simliklarda karbonat angidrid va suvdan fotosintez yo`li bilan 
hosil bo`ladi. “Karbonsuvlar“ nomi 1944 yili K.Shmidt tomonidan fanga kiritilgan 
bo`lib, ularning kimyoviy tuzilishidagi uglevodlar atomining kislorod va vodorod 


46 
novateurpublication.org 
bilan birikishi xuddi suv tarkibiga (masalan, glyukozaning kimyoviy formulasi 
C
6
(H
2
O)
6
) mos tushishiga asoslangan.Oziq ovqat maxsulotlari tarkibidagi 
karbonsuvlar tuzilishining murakkabligi, erishi, hazm bo`lish darajasi va glikogen 
hosil bo`lishida sarflanishiga qarab od-diy (monosaxaridlar va disaxaridlar) va 
murakkab ( polisaxaridlar) karbonsuvlarga bo`linadi. Oddiy karbonsuvlar
monosaxaridlar va disaxaridlardir.Ular suvda yax-shi eriydi va tez hazm bo`ladi 
hamda juda shirin ta`mga ega. Eng ko`p tarqalgan monosaxaridlardan biri glyukoza 
bo`lib u ko`pgina mevalar tarkibida bo`ladi. Шунингдек, organizmda ovqat 
tarkibidagi disaxaridlar va polisaxaridlarning parchalanishidan hosil bo`ladi. 
Glyukoza.
Glyukozaning halqasimon shaklida C
1
-atomiga birikkan – OH 
guruhining halqa tekisligiga nisbatan holatidan kelib chiqqan holda, 

-glyukoza va 

-glyukoza hosil bo’ladi. Glyukoza atsiklik (chiziqli), balki siklik(halqali) holatda 
ham bo’lishi mumkin. Glyukoza tarkibi o’rganilib, uning eng oddiy for-mulasi
CH
2
O, molekula massasi esa 180 g / mol ekanligi aniqlandi. Bunдан
glyukozaning molekula formulasi C
6
H
12
O
6
degan xulosaga kelish mumkin. 
Glyukoza sof holda yashil o’simliklarning deyarli hamma organlarida 
uchraydi. Ayniqsa, uzum sharbatida ko’p, shuning uchun glyukoza ba’zan
uzum shakari ham deyiladi. Asal esa glyukoza bilan fruktoza aralashmasidir. 
Odam organizmida glyukoza muskullarda, qonda va oz miqdorda butun
to’qimalarda bo’ladi. Glyukozaning qonda birozgina kamayishi ham zaiflik
va madorsizlikka olib keladi. Аvvalo, MAT ning faolligi o’zgaradi. Glyukoza-
ning qondagi miqdori 2,2 - 2,28 mmol/l ga (40 – 50 mg %) tushib qolsa, odam
talvasada tushadi, alahlaydi va hushidan ketadi.
Demak, gipoglikemiya holati uzoq vaqt och qolganda, davolash uchun 
yuboriladigan insulinning miqdori oshib ketganda kuzatiladi. Uni bartaraf
qilish uchun qonga glyukoza eritmasi yuborish yoki bemorga shirin choy ichirish 
kerak. Qonda glyukoza miqdorini ko’payib ketishini giperglikemiya deb aytiladi. 
Odam birdan tez so’riladigan karbonsuvlarni juda ko’p istemol qilsa qondagi 
glyukozaning miqdori 8,9-10 mmol/l (160-180 mg %)ga ko’tarilib ketishi kuza-
tiladi. Buni alimentar giperglikemiya deb aytiladi. Patologik giperglikemiya orga-
nizmda insulin yetishmasligida kuzatiladi va qandli diabetning o’ziga xos belgisi 
hisoblanadi. Glyukoza miqdori qonda 10 mmol/l, ga (180 mg %) yetsa, glyukoza 
siydik bilan ajrala boshlaydi. 
Qonda glyukoza miqdori doimo bir xil darajada saqlanib turishi orga-nizmda
karbonsuvlar almashinuvining to’g’ri boshqarilishi uchun juda muhim rol o’ynaydi. 
Glyukoza miqdorini qonda mo’tadil bo’lishi ayrim gormonlarga bog’liq. Masalan, 
insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiradi, Bu gormon hujayra membranasiga
ta’sir qilib, glyukoza va ba’zi bir ionlarning membrane-dan o’tuvchanligini
oshiradi. 


47 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin