Mundarija: Kirish I bob. Yog'och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə1/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#147817
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ROSSIYA VA UZOQ SHARQ YERLARIDA O\'STIRILADIGAN YOG\'OCH TURLARI VA XOMASHYOSI ULARNI O\'RNI


ROSSIYA VA UZOQ SHARQ YERLARIDA O'STIRILADIGAN YOG'OCH TURLARI VA XOMASHYOSI ULARNI O'RNI
MUNDARIJA:
Kirish
I BOB. YOG'OCH QURILMALARINING TURLARI VA ISHLATILISH SOXALARI.
1.1Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari.
1.2.Bino konstruksiyalari.
II BOB. ROSSIYA VA UZOQ SHARQ YERLARIDA O'STIRILADIGAN YOG'OCH TURLARI
2.1.Yog`och va bino loyihalarni konstruksiyalash
2.2.Yog‘och materiallarning sortamenti. Fanera. Materiallarning fizik va mexanik xossalari.
II Xulosa
III Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH:
Mavzuning dolzarbligi:  O'rmon sanoati yog'och tayyorlash va yog'ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo'linadi. Yog'ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma'lum. Hunarmandlar yog'ochga ishlov berib undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan. 
Yog'ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Ayniqsa yog'ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog'ochsozlikda tub (inqilobiy) o'zgarish yasaldi.
Mamlakatning yog'och-taxta xomashyosiga bo'lgan yillik ehtiyoji 10 mln m kubdan ortmoqda. Ammo yog'och xomashyosi bo'ladigan tabiiy o'rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois har yili millionlab nihol ekiladi, «ko'kalamzorlashtirish oyligi» o'tkaziladi. O'rmonlar barpo etish va yog'och boyliklaridan oqilona foydalanish bilan maxsus o'rmon xo'jaliklari shug'ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o'rmon xo'jaligi korxonalari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar bor. 
O'rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo'yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog'oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog'och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin