novateurpublication.org a) oqsil almashinuviga- glyukokortikoidlar ta’sirida qon plazmasidan hujayra-
larga aminokislotalar transporti kamayadi, natijada oqsillar parchalanishi kuchayadi,
muskullarning vazni kamayadi, jarohatlar bitishi sekinlashadi, osteo-poroz
kuzatiladi. Hazm yo’llaridagi shilliq pardani qoplovchi mukoid himoya qavatida
oqsillar kamayishi oqibatida xlorid kislota va pepsinning zararlantiruvchi ta’siri
kuchayib, shilliq pardada yaralar rivojlanishi mumkin;
b) yog’lar almashinuviga- glyukokortikoidlar yog’ depolaridan yog’ning safarbar
etilishini jadallashtiradi va qonda yog’ kislotalari miqdori ko’payadi. Shu bilan birga
yuz, ko’krak, tananing yon yuzalarida yog’ yig’ilishi kuchayadi;
c) karbonsuvlar almashinuviga- glyukoneogenez va yog’lar safarbar qilinishining
kuchayishi oqibatida giperglikemiya kuzatiladi.
2.Yallig’lanishga qarshi ta’sir glyukokortikoidlarning yallig’lanish reaksiyasi
barcha bosqichlarini susaytirishi, tomirlar devori o’tkazuvchanligini pasaytirishi
oqibatidir. Leykositlardan interleykin ajratilishini pasaytirish yo’li bilan inter-
leykinning gipotalamusdagi issiqlik hosil qilish markazini qo’zg’atishini pasaytirib,
yallig’lanish jarayonlaridagi isitmaning oldini oladi.
3.Allergiyaga qarshi ta’sir lizosomalarni stabillashtirish, allergik reaksiyalarni
kuchaytiruvchi omillar hosil bo’lishini susaytirish oqibatidir. Glyukokortikoidlar
sekresiyasi kuchayganda allergiyaning asosiy belgisi bo’lgan eozinofillar kamaya-
di.
4.Immunitetni susaytirish antitelolar hosil bo’lishini va fagositoz jarayonlarini
pasaytirishdan iborat. Glyukokortikoidlar hujayra va gumoral immunitetni
susaytiradi. Glyukokortikoidlarni uzoq muddat qabul qilish ayrisimon bezning
kichrayib qolishi, limfoid to’qimaning va qonda limfositlar sonining kamayishiga
olib keladi.
5.Arterial bosim kerakli ko’rsatkichini shakllantirishda qatnashish, qon tomirlar
devorining tomir toraytiruvchi omillar ta’siriga sezuvchanligini oshirish va natriy
hamda suvning organizmdan chiqarilishini kamaytirib, harakatdagi qon hajmini
oshirish orqali amalga oshiriladi. Glyukortikoidlarning mana shu gipertenziv ta’siri
va giperglikemik samarasi tufayli ular bemorni karaxtlik holatidan chiqarishda keng
qo’llaniladi.
Organizmda glyukokortikoidlar hosil bo’lishining kecha-kunduzgi ritmi
mavjud. Bu gormonlarning asosiy qismi ertalab (soat 6-8 da) hosil bo’ladi. Buyrak
usti bezi po’stlog’ining jinsiy gormonlari-androgenlar va estrogenlar bola
organizmida jinsiy a’zolar rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Bu vaqtda jinsiy
bezlar ichki sekretor funksiyasi hali kam rivojlangan.Buyrak usti bezi po’stlog’ining
jinsiy gormonlari ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishini ta’minlaydi, organizmda
oqsil sintezini kuchaytiradi.