Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Monograph

 
 



novateurpublication.org 
 
I – BOB ICHKI SEKRESIYA BEZLARI. 
 
I
chki sekresiya bezlari haqida umumiy ma’lumot. 
Endokrin bezlar asab tizimi bilan birgalikda organizm faoliyatini bosh-qarishda 
katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, 
qalqonsimon oldi bezlar, ayrisimon bez, me’da osti bezining Langergans orolchalari, 
buyrak usti bezi, jinsiy bezlar, hazm a’zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar 
kiradi. Barcha ichki sekresiya bezlarida tomirlar tizimi yuksak darajada rivojlangan 
bo’lib, ulardagi tomirlarning devori ayniqsa yupqa va o’tkazuvchandir. Bu bezlar 
kichik a’zolar bo’lishiga qaramasdan o’z og’irligiga nisbatan juda ko’p qon bilan 
ta’minlanadi. Odatda buning sababi a’zolar va tizimlar faoliyatida gormonlarning 
muhimligi va ichki sekresiya bezlari mahsulotining hammasini qonga o’tishi hamda 
tomirlar tizimi bo’ylab butun organizmga tarqatilishining zarurligi bilan 
tushuntiriladi. 
Ichki sekresiya bezlarining faoliyati organizm hayoti uchun juda muhimdir. 
Ba’zi bezlarsiz yuksak hayvonlar va odam hayoti umuman mumkin emas. Masalan, 
tajribada qalqonsimon oldi bezchalar yoki buyrak usti bezining po’stloq moddasi 
olib tashlansa, hayvon albatta o’ladi. Endokrin bezlari faoliyatining me’yyordan 
chetlashuvi xilma-xil va ko’p sonli kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. 
Bunda ichki sekresiya bezining giperfunksiyasi, ya’ni keragidan ko’p, normadan 
ortiqcha miqdorda gormon ishlab chiqarish, gipofunksiyasi – ajratiladigan 
gormonlar miqdorining kamayishi va disfunksiyasi – kimyoviy tarkibi buzilgan, 
o’zgargan gormonlar ishlab chiqarish tafovut qilinadi. 
Endokrin bezlar maxsus moddalar – gormonlar (yun horman-qo’zg’atish) ishlab 
chiqaradi, ularning chiqaruv yo’llari yo’q, sintezlangan moddalar bevosita qonga 
o’tadi. Gormonlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: 
1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi. 
2. Har bir gormon muayyan a’zo va faoliyatlarga ta’sir etib, ularda o’ziga xos 
o’zgarishlar paydo qiladi. 
3. Gormonlar juda katta biologik faollikka ega. Insulinning 1g 125000 quyonda 
qondagi qand miqdorini kamaytiradi, 1g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqa 
yuragining ishini tezlashtira oladi. 
4. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta’sir qiladigan a’zo (nishon) orasida 
odatda ma’lum masofa bo’ladi (distant ta’sir). 
5. Gormonlar hujayra membranalaridan o’tish qobiliyatiga ega. 
6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish vaqti bir necha 
sekunddan (peptid gormonlar) bir necha kungacha (yodtironinlar) bo’lishi mumkin. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin