novateurpublication.org 1) gormonal yoki haqiqiy endokrin – gormon uni sintezlagan hujayradan qon
oqimiga o’tib, qon bilan nishon-a’zoga etib boradi va o’zi hosil bo’lgan joydan
ancha uzoqda faoliyat ko’rsatadi;
2) parakrin ta’sir - sintezlangan joydan gormon hujayradan tashqi bo’shliqqa
o’tadi va u yerdan atrofdagi nishon-hujayralarga ta’sir etadi;
3) izokrin ta’sir parakringa o’xshaydi, ammo bunda gormonni sintezlovchi
hujayra bilan nishon-hujayra o’zaro yaqin aloqada;
4) neyrokrin ta’sir – gormonning ta’siri mediator ta’siriday bo’ladi;
5) autokrin ta’sir – hujayrada sintezlanadigan gormon mazkur hujayraning
o’ziga ta’sir etadi, ya’ni bunda bir hujayraning o’zi ham gormon hosil qiluvchi ham
nishon-hujayra vazifasini bajaradi. Eng muhimi, endokrin va parakrin samaralarni
aniq chegaralash lozim.
Gormonlarning qon bilan tashilishi turli yo’l bilan amalga oshiriladi. Suvda
eriydigan gormonlar plazmada erkin ko’rinishda, boshqa gormonlar plazma oqsillari
yoki shaklli elementlar bilan birikkan holda tashiladi. Albuminlar, gamma
globulinlar, transferon kabi muayyan gormonlarni biriktirib, kom-plekslar hosil
qiluvchi qon plazmasi oqsillari mavjud. Gidrofillik xususiyatga ega bo’lgan oqsil
gormonlar qonda yaxshi eriydilar va maxsus toshuvchilarga muxtoj emaslar.
Ularning qonda va to’qimalarda parchalanishi nishon-hujayralar, qon, jigar va
buyraklardagi maxsus proteinazalar tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur gormonlar qondagi hayotining yarim davri 10-20 daqiqa. Steroid
gormonlarni qonda maxsus globulinlar va transkortin tashiydi, ularning qondagi
hayoti yarim davri 0,5-1,5 soat. Adrenalin, noradrenalin va dofaminning faqatgina
5-10% qonda erkin holda, qolgani oqsillar bilan birikkan holda tashiladi, ularning
qondagi hayotining yarim davri 1-3 daqiqa.
Gormonlarning xarakterli xossasi ularning yuksak fiziologik faolligidir.
Gormonning juda kichik miqdori ham organizm funksiyalarini o’zgartiradi.
Masalan, adrenalin ajratib olingan yurakka 1:10 ning 7 darajasi g\ml konsen-
trasiyada ham ta’sir eta oladi. Insulinning 1 g 125000 quyonda qondagi shakar
miqdorini kamaytirishga yetarlidir. Gormonlar to’qimalarda, jumladan jigarda,
nisbatan tez parchalanadi. Shuning uchun gormonlarning qondagi miqdori muayyan
bir me’yyorda saqlanishini, ularning uzluksiz va uzoqroq vaqt davomida ta’sir
etishini ta’minlash uchun gormonlar ichki sekresiyasi bezlaridan uzluksiz ravishda
ajratilishi kerak.
Endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda qator usullardan foydalaniladi. Bu
usullardan eng ko’p qo’llaniladiganlari quyidagilar:
1.Ekstirpastiya- operastiya yo’li bilan bezni olib tashlash. Bez ekstirpastiyasidan
so’ng paydo bo’lgan belgilar kompleksi uning faoliyatini aniq xarakterlab beradi.