novateurpublication.org sekresiyasini tormozlaydi. Bu manfiy qayta bog’lanish organizmda jinsiy gormon-
lar normal darajasini boshqarib turadi.
Bezlardagi seretor hujayralar faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi asab
bog’lanishlar deyarli yo’q. Faqatgina me’da osti bezi Langergans orolchalari, buyrak
usti bezining magiz moddasi va epifiz sekretor faoliyatining nerv boshqa-rilishi
isbotlangan. Boshqa endokrin bezlarga boruvchi nervlar asosan bezdagi tomirlar
tonusi va bezning qon bilan ta’minlanishini idora etib turadi. Simpatik va
parasimpatik nerv tizimlari gormonlar ishlanishini o’zgartirib turadi. Masalan,
simpatik asab tizimi faollashganda buyrak usti bezi magiz kavatida adrenalin
ishlanishi kuchayadi, me’da osti beziga simpatik nervlardan kelgan impulslar alfa-
adrenoresteptorlar orqali insulin sekresiyasini kamaytirib, glyukagon sekresiyasini
kuchaytiradi. Parasimpatik nervlar, jumladan adashgan nerv insulin sekresiyasini
jadallashtiradi.
Gipofiz gormonlari va ularning ahamiyati. Gipofiz oldingi, oraliq va orqa bo’laklardan tuzilgan murakkab ichki sekrestiya
bezidir. Uning oldingi bo’lagi (adenogipofiz) asosiy (bosh) yoki xromofob
hujayralardan (hamma hujayralarning 55-60%) va xromofil (40-45%) hujayrala-
rdan iborat. Xromofil hujayralarning aksariyati astidofil, oz qismi esa bazofil.
Gormonlar xromofil hujayralarda sintezlanadi. Bazofil hujayralar adrenokor-
tikotrop(AKTG), tireotrop, gonadotrop gormonlar ishlab chiqaradi. Astidofil
hujayralar o’sish gormoni (somatotropin) va prolaktin ishlab chiqaradi.
Adenogipofiz gormonlari oqsil va glikoproteinlar bo’lib, ikki guruhga bo’linadi.
1.Effektor gormonlar: o’sish gormoni, prolaktin va melanositlarni rag’batlan-
tiruvchi gormon (MSG). MSG ko’pchilik hayvonlarda gipofizning yaxshi
rivojlangan oraliq bo’lagidan ajraladi. Odam gipofizida bu bo’lak deyarli yo’qolib
ketgan. Shuning uchun MSG oldingi bo’lak gormonlari bilan qo’shib o’rganiladi.
2. Glandotrop gormonlar: follikullarni rag’batlantiruvchi, lyuteinlovchi,
tireotrop, adrenokortikotrop gormonlar .
Adenogipofizning effektor gormonlaridan bo’lgan o’sish gormoni-soma-
totropin o’zining turga oid spestifikligi bilan boshqa gormonlardan farq qiladi.
Qoramol va cho’chqa gipofizidan ajratib olingan gormonni o’sishdan qolgan odam
bolasini davolashda qo’llab bo’lmaydi. Odamning o’sish gormoni organizmda tez
parchalanadi. O’sish gormonining asosiy ta’siri suyaklarning bo’yiga o’sishini
ta’minlashdir. Bu gormon hujayralarda oqsil sintezini tezlash-tiradi, ammo buning
uchun yetarli miqdorda insulin, oqsil va karbonsuvlar kerak. Oqsil yetishmovchiligi
natijasida jigarda somatomedin nomli peptidning sintezlanishi kamayib ketadi. Bu
peptid sulfat kislota angidridining togay to’qimasiga o’tishini, DNK, RNK va oqsil
sintezlanishini tezlashtirish yo’li bilan yosh organizmning o’sishini ta’minlaydi.