novateurpublication.org O’sish gormoni hujayralar membranasida aminokislotalar tashilishini
tezlashtiradi va lipolizni kuchaytiradi.U qonda glyukoza miqdorini oshiradi,
glyukozaning boshqa moddalardan sintezlanishini tezlashtiradi. Somatotropin
me’da osti bezi hujayralariga bevosita ta’sir etish va giperglikemiya orqali insulin
sekre-siyasini oshiradi. Shu bilan bir vaqtda insulinni parchalovchi ferment-jigar
insulinazasini faollshtiradi. Insulin fiziologik samarasini keskin pasaytiruvchi bu
ta’sir oqibatida qandli diabet kasalligi rivojlanishi mumkin, bunday diabet kelib
chiqishi bo’yicha gipofizar diabet deyiladi.
Bola organizmida o’sish gormoni ko’p ishlab chiqarilsa bo’yidorlik (gigan-
tizm) kuzatiladi. Bunda erkaklarning bo’yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan oshadi.
Gipofizar gigantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo’llari nisbati buzilmagan
holda kattalashadi. Skelet mushaklari va ichki a’zolar ham ko’pincha yaxshi
rivojlangan bo’ladi. Organizmning o’sish davri 30 yoshgacha boradi. Voyaga etgan
kishida o’sish gormoni ko’p miqdorda ishlansa akrome-galiya hodisasi ro’y beradi.
Bunda suyaklar va yumshok to’qimalar qalinlashadi, odamning burni, lablari, jag’i,
oyoq-qo’llari kattalashadi. Gipofizar novchalarda va akromegamiya bilan og’rigan
odamlarda boshqa ichki sekresiya bezlari faoliyati ham shikastlanadi: jinsiy bezlar
faoliyati pasayadi, insulin kam miqdorda ishlab chiqarilganidan diabet alomatlari
paydo bo’ladi.
Organizmning o’sishi ko’pgina omillarga bog’liq jarayon. Unga irsiyat, iqlim,
ovqatlanish omillari va bir qancha gormonlar ta’sir etadi. O’sish gormonidan
tashqari, o’sishga qalqonsimon bezning, buyrak usti bezining gormonlari va jinsiy
gormonlar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Yosh bolalarda o’sish gormoni va gipofizning
boshqa glandotrop gormonlari keragidan kam ishlansa gipofizar nanizm (mittilik eki
pakanalik) kuzatiladi. Odamning bo’yi past bo’lsa ham, gavda qismlari nisbati
saqlanib qoladi, ammo qo’l va oyoq panjalari kichik, barmoqlar ingichka, suyakka
aylanish jarayonlari sekinlashgan, jinsiy a’zolar rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy
belgilar yetarli takomillashmagan, sochlar bolalarnikiday yumshoq va ipakday
bo’ladi. Bunday odamlar yuqumli va boshqa kasalliklarga beriluvchan va chidam-
siz bo’ladilar va farzand ko’rolmaydilar.
Ba’zi pakanalar qonida somatotropin miqdori odatdagidan ko’p bo’ladi, ular-
ning yaxshi o’smasligiga sabab somatomedinlar yetishmovchiligidir.Jigarda sintez-
lanadigan somatomedin togay va suyaklar o’sishi bilan birga barcha hujay-ralarning
mitotik bo’linishini tezlashtiradi. Gipofizar pakanalikni faqat odamning o’sish
gormoni bilan davolash mumkin. Davolash qanchalik erta boshlansa, natijasi
shunchalik yaxshi bo’ladi. Bo’y erkaklarda 130 sm dan, ayollarda 120sm dan past
bo’lsa, mittilik to’g’risida gap yuritish mumkin.
O’sish gormonining qondagi miqdori fiziologik sharoitda ham 10-20 baravar
o’zgarishi mumkin, unga stirkad (kecha-kunduzgi) ritm ham ta’sir etadi. Kechasi,