Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
bog’lanish mexanizmi bilan boshqariladi. Qalqonmsimon bez gormon-larining 
qonda kamayishi TTG sekresiyasini jadallashtiradi. Tireotropin adeno-gipofiz 
tomonidan uzluksiz sekresiyalansa ham, uning qondagi miqdori kecha-kunduz 
davomida aniq o’zgarib turadi va kechqurun uxlashdan oldin uning miqdorii qonda 
eng ko’p bo’ladi. 
Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezi po’stloq qismining tutamli va turli 
zonasini rivojlantirib, uning gormonlari sintezini kuchaytiradi. AKTG 39 
aminokislotadan tuzilgan polipeptid. Gormonning turga xosligi yuq. Gormon-ning 
miqdori qonda oshsa, terining pigmentlanishi kuchayadi. AKTG egning yog’ 
zaxiralaridan qonga o’tishini tezlashtiradi, jigarda kortizolning parcha-lanishiga 
ta’sir qiladi. Shunday qilib, AKTG ning fiziologik samarasi ikki qismga bo’linadi: 
a) buyrak usti beziga ta’siri; b) buyrak usti bezidan tashqaridagi ta’siri. 
AKTGning buyrak usti beziga ta’siri glyukokortikoidlar va mineralo-
kortikoidlar sekresiyasini jadallashtirishdan iborat. Buyrak usti bezidan tashqa-rigi 
ta’siriga quyidagilar kiradi: 1) yog’ to’qimasiga lipolitik ta’sir qiladi; 2) in-sulin va 
somatotropin sekresiyasini oshiradi; 3) gipoglikemiya-insulin ko’pa-yishi oqibatida; 
4) teri hujayralarida melanin yig’ilib giperpigmentastiyaga sabab bo’ladi. 
AKTG sekresiyasi organizmda taranglanish (stess) holatini keltirib chiqaruv-chi 
hamma favkulodda ta’sirotlar natijasida kuchayadi. Bunday ta’sirotlar reflektor yo’l 
bilan va buyrak usti bezi mag’iz moddasidan adrenalin ajratilishini kuchay-tirish 
orqali gipotalamusga ta’sir etib, unda kortikotropin rilizing gormon (kortikoliberin) 
hosil bo’lishini kuchaytiradi. Bu omil qon tomirlar orqali gipofizga o’tib, unda 
AKTG ishlanishini tezlashtiradi. AKTG buyrak usti bezida glikokor-tikoidlar va 
qisman mineralokortikoidlar sekresiyasini kuchay-tirish orqali organizmning 
noqulay sharoit ta’siriga qarshilik ko’rsatishini oshiradi. Organizmda AKTG 
sekresiyasi ritmik sodir bo’ladi va bu ritm kortikoliberin ajratilishi ritmiga bog’liq. 
Kortikoliberin, AKTG va glyuko-kortikoidlar maksimal sekresiyasi ertalab soat 6-8 
da, minimal sekresiyasi kechqurun 10 dan 2 gacha kuzatiladi. Organizmga kuchli 
ta’sirlagichlar ta’sir etganda, masalan, sovuq, og’riq, og’ir jismoniy ish, ruhiy 
zuriqish ta’sirida AKTG sekresiyasi jadallashadi. 
Gonodotrop gormonlar ayollar va urg’ochi hayvonlarda follikulaning rivoj-
lanishi va etilishini, ovulyastiya (Graaf pufakchasi yorilib, undan tuxum hujayra 
chiqishi)ni, sariq tana rivojlanishini va faoliyatini ta’minlaydi. Erkak-larda urug’don 
naychalarni rivojlanishi va spermatositlar etilishi, sperma-tozoidlar paydo bo’lishi 
uchun gonadotrop gormonlar zarur. Bu gormonlar jinsiy bezlarda ayollar jinsiy 
gormonlari estradiol, estron va progesteron va erkaklar jinsiy gormoni testosteron 
ishlab chiqarilishini boshqarib turadi. 
Voyaga etmagan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, jinsiy bezlar rivoj-
lanishdan to’xtaydi. Yosh hayvonlarga ganodotrop gormonlar yuborilsa, voyaga 


15 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin