Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
digan qon gipofizdagi darvoza tomirlariga kelib, undagi hujayralarni yuvib o’tadi. 
Gipotalamik sohada bu kapillyarlar atrofida nerv turi mavjud bo’lib, u nerv 
hujayralari o’simtalaridan tashkil topgan. Bu tuzilmalar orqali gipotalamus-dagi 
hujayra-lar neyrosekresiyasi mahsulotlari qonga o’tib, qon oqimi bilan gipofiz 
oldingi bo’lagining hujayralariga yetkaziladi va ularning funksiyasini o’zgartiradi. 
Gormonlar ishlab chiqaruvchi gipotalamus neyronlariga bir vaqtning o’zida sekretor 
va nerv hujayralari funksiyalari xosdir. Bu xususiyat shundan iboratki, gormonlar 
sekresiyasi jarayonida nerv hujayralarida qo’z-g’alish tufayli yuzaga keladigan 
harakat potensiali kabi biotoklar paydo bo’ladi. Bez hujayralaridagi sekresiya esa 
xech qachon potensiallarni yuzaga keltirmaydi. 
Neyrosekretor hujayra boshqarishni na faqat boshqa neyronlarga odatdagi nerv 
impulslarini uzatish orqali, balki maxsus moddalar- neyrogormonlar ishlab chiqarish 
orqali ham amalga oshiradi. Nerv va gumoral boshqarilish jarayonlari bu yerda bir 
hujayrada birlashgan.Umuman gipotalamus ikki turdagi, ya’ni asab va gumoral 
boshqarilishlarni o’zaro bog’lab turadi. Undagi neyronlar endokrin hujayra sifatida 
gormonlarni sintezlaydi. 
Qalqonsimon bez 
Qalqonsimon bez bo’yin sohasida hiqildoqdan oldinda joylashgan, uch 
bo’lakdan iborat: ikki yon bo’lak va bitta o’rta bo’lagi. Mikroskop ostida bez-ning 
kolloid moddaga tula pufakchalar - follikulalardan tuzilganligi ko’rinadi. 
Follikulalar devoi kubsimon bez epiteliyasi bilan qoplangan. Qalqonsimon bez 
juda ko’p qon bilan ta’minlanadi: har bir soatda og’irligi 30 g bo’lgan bez orqali 5 
litr, ya’ni odam organizmidagi qonning hammasi o’tadi. Venoz qon oqimidan 
tashqari jadallik bilan sodir bo’luvchi limfa oqimi ham qalqonsimon bezda hosil 
bo’ladigan tireoid gormonlarning umumiy limfa va qon oqimiga o’tishini 
ta’minlaydi. Bezning nervlanishi bo’yin simpatik tugunlari va adashgan nerv 
tarmoqlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Qalqonsimon bez hujayralarning o’ziga xos xususiyati ularning yodni o’zlash-
tirish qobiliyatidir. Bez hujayralari ichidagi yod konsentrasiyasi qon plazmasi-
dagidan 300 marotaba ortiqdir. Qon plazmasidagi yodning 90-95% tiroksin tarkibida 
bo’ladi. Qalqonsimon bez tiroksin (tetrayodtironin-T4), triyodtironin-T3 va 
tirkalsitonin nomli gormonlar ishlab chiqaradi.Organizmda tiroksin yod va tirozin 
aminokislotasidan sintezlanadi. Tadqiqotlarning ko’rsa-tishicha odam qalqonsimon 
bezi bir kecha-kunduzda tarkibida 0,3mg yod bo’lgan miqdordagi tiroksin ishlab 
chiqaradi. Demak, tiroksin gormoni orga-nizmda yetarli miqdorda hosil bo’lishi 
uchun ovqat va ichiladigan suv tarkibida 0,3 mg yod iste’mol qilishimiz kerak. 
Tiroksin va triyodtironin qonga o’tib, gormonlarni tashiydigan plazma oqsillari 
albuminlar va globuminlar bilan bog’lanadilar. To’qimalarda bu komplekslar 
parchalanib tiroksin va triyodtironinni erkin holda ajratadilar. Qon plazmasidagi 


18 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin