Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
5. MAT qo’zg’aluvchanligini oshirish, ruhiy jarayonlarni faollashtirish. 
6. Buyraklarda qon oqimi, koptokchalardagi filtrasiya va diurezni oshirish. 
7. Me’yoriy jinsiy hayot va reproduktiv funksiyalarni ta’minlash. 
Tarkibida yod bo’lgan tiroksin va triyodtironin gormonlaridan tashqari 
qalqonsimon bezning maxsus hujayralarida qonda kalstiy miqdorini kamay-tiruvchi 
tirkalsitonin ham hosil bo’ladi. Tirkalsitonin ta’siri ostida suyak to’qimasini 
yemiruvchi osteoklastlar funksiyasi pasayib, suyak to’qimasi hosil bo’lishini va 
qondan unga Ca 
2+
so’rilishini ta’minlovchi ositeoblasitlar funk-siyasi faollashadi. 
Kalsitonin gastrinning qonga o’tishini tormozlaydi, me’da shirasi nordonligini 
pasaytiradi. Kalsitonin buyraklar, me’da-ichak yo’llari, suyak to’qimasi kabi nishon-
a’zolardagi resteptorlar bilan sAMF va sGMF vositachiligida bog’lanadi. 
Mazkur gormon kalstiyning suyaklarga o’tishini suyaklarning minera-
lizastiyasini jadallashtirish va buyraklarda kalstiy reobsorbsiyasini pasaytirish 
hamda ichaklarda kalstiy so’rilishini kamaytirish yo’llari bilan qonda kalstiy 
miqdorini kamaytiradi. Buyraklarda fosfatlar reabsorbsiyasini pasaytirib, 
fosfaturiyani keltirib chiqaradi. So’nggi yillarda Kalsitoninning diuretik va 
natriyuretik ta’sirlari ham aniqlangan. Kalsitonin qalqonsimon bezdan tashqari 
timusda va o’pkalarda hosil bo’ladi. Organizmda kimyoviy strukturasi o’zaro yaqin 
bo’lgan qator gormonlar mavjud, ular kalsitonin oilasidagi gormonlar nomini olgan. 
Katakalstin, bosh miya va orqa miyada topilgan peptid tabiatli gormonlar shular 
jumlasidandir. 
Kalsitonin organizmda kalstiyni boshqaruvchi gormonlardan biri bo’lib, uning 
sekresiyalanish darajasi qayta bog’lanish orqali qondagi ionlashtirilgan kalstiy 
miqdori bilan idora etiladi. Kalsitonin sekresiyasining jadallashuvi qonda 
kalstiyning anchagina ko’payganida kuzatiladi, kalstiy konsentrasiyasining odatdagi 
fiziologik o’zgarishlari kalsitonin sekresiyasiga kam ta’sir etadi. Kalsitonin 
sekresiyasiga neyropeptidlar va me’da-ichak yo’llarining peptid gormonlari, ayniqsa 
gastrin kuchli ta’sir ko’rsatadi. Og’iz orqali kalstiy qabul qilinganda kalsitonin 
sekresiyasini aynan gastrin kuchaytiradi. 
Qalqonsimon bez faoliyati pasayganda organizmda qator kasalliklar, jumladan 
buqoq, miksedema, kretinizm kasalliklari rivojlanadi. Buqoq kasalligi muayyan 
georafik zonalarda yashovchi kishilarda qalqonsimon bezning kattalashib ketishida 
namoyon bo’ladi. Bezning kattalashuvi follikulalarning o’sib ketishi tufayli sodir 
bo’ladi. Ba’zan buqoq bola boshiday kattalikka va 5-6 kg og’irlikka etishadi.
Buqoq kasalligining asosiy sababi ichimlik suvda yod yetishmasligidir. 
Ma’lumki, biz yodni, asosan ichimlik suv bilan qabul qilamiz, dengiz qirg’oq-larida 
yashovchilar esa, tarkibida yod bo’lgan dengiz o’simliklari iste’mol etib, qo’shim-
cha tarzda qabul qiladilar. Tog’ daryolari juda tez oqishi sababli undagi suvlar 
tuproqdan yodning kerakli miqdorini olib, unga boyishga ulgurmaydi. Buqoq 


20 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin