Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
oqsillar bilan birikmagan tiroksin miqdori bu gormonning qondagi umumiy 
miqdorining faqatgina 0,1% ni tashkil etadi. Ammo aynan mana shu oqsillar bilan 
birikmagan tiroksin o’z fiziologik ta’sirini amalga oshirib turadi. Oqsillar bilan 
birikkan tiroksin esa zaxira bo’lib xizmat qiladi va qondagi erkin tiroksin miqdori 
kamayib borishi bilan uning yangi faol bo’laklari ajratiladi. 
Tiroksin gormoni yuksak fiziologik faollikka ega, u organizmning o’sish va 
rivojlanish jarayonlari kechishiga, moddalar va energiya almashinuviga, nerv 
tizimining qo’zg’aluvchanligiga ta’sir qiladi. Tiroksin moddalar almashinuvini 
ayniqsa kuchaytiradi. Odam organizmiga 1 mg tiroksin yuborilganda u qo’shimcha 
1000 katta kalloriya energiya sarflaydi. Tiroksinning ortiqcha miqdori markaziy 
nerv tizimi qo’zg’aluvchanligini oshiradi va kuchli, keskin emosiyalarga sabab 
bo’lishi mumkin. Tiroksinning vegetativ nerv tizimiga ta’siri yurak qisqarish-
larining tezlashuvi, kuchli terlash, tana haroratining ko’tarilishi va boshqalarda 
namoyon bo’ladi.Triyodtironin tiroksindan ham fiziologik faollroq, lekin uning qon 
plazmasidagi miqdori 20 marotaba kamdir. 
Tiroksinning ortiqcha miqdori bola va katta yoshdagi odam organizmiga har xil 
ta’sir ko’rsatadi: bolalarning o’sishi tezlashib, og’irligi oshadi; katta yosh-
dagilarning og’irligi kamayadi.Tiroksin va triyodtironin oqsidlanish jarayon-larini, 
ayniqsa mitoxondriyalarda, keskin kuchaytiradi. Kislorodni iste’mol qilish va 
korbanat angidridini ajratish oshadi. Issiqlik hosil bo’lishi normadan ancha 
ko’payadi, karbonsuvlar, yog’lar va oqsillar sarflanishi kuchayadi, asosiy almashi-
nuv oshadi. Hujayra membranasining aminokislotalarga nisbatan o’tkazuvchanligini 
oshirish va hujayra genetik apparatini faollashtirish orqali oqsil sintezini 
tezlashtiradi. 
Tireoid gormonlar lipolitik samaraga ham ega, ular yog’ kislotalari oksid-
lanishini jadallashtirib, ularning qondagi miqdorini kamaytiradi. Xolesterin sintezi 
va uning o’t bilan chiqarilishini jadallashtiradi. Tiroksin glikogenning parchala-
nishini faollashtirishi va ichaklarda glyukoza so’rilishini kuchaytirishi natijasida 
giperglikemiyani keltirib chiqaradi. Hujayralarning glyukozani o’zlashtirishi va 
oksidlantirishini oshiradi. Tireoid gormonlar, bir tomondan, giperglikemiya tufayli 
insulin sekresiyasini qo’zg’atadi, ikkinchi tomondan, jigardagi insulinazani faol-
lashtirib, insulin parchalanishini jadallashtiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, tireoid 
gormonlar ham qandli diabet rivojlanishiga sharoit yaratishi mumkin. 
Shunday qilib, tiroksin va T
3
ning fiziologik samarasi quyigilardan iborat : 
1. To’qima va a’zolar o’sishi, rivojlanishi va tafovutlanishi, to’qimalar fiziologik 
regenerastiyasi, kabi jarayonlarni normallashtirish. 
2. Simpatik samaralar (taxikardiya, terlash, tomirlar torayishi) ni faollashtirish. 
3. Mitoxondriyalar faolligi va miokard qisqaruvchanligini yaxshilash. 
4. Issiqlik hosil bo’lishi va tana haroratini oshirish. 


19 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin