novateurpublication.org kasalligining oldini olish uchun bir kecha-kunduzda odam minimum 0,3 mg yod
qabul qilishi kerak. Buqoq uchun endemik hisob-langan zonalarda yod qo’shilgan
osh tuzi iste’mol qilish mana shu maksadga qaratilgandir.
Miksedema ham qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo’lib, asosan keksalik-da,
kasallikdan so’ng, og’ir operastiyalardan keyin bez faoliyatining pasayishi bilan
bog’liq. Miksedema belgilari: qalinlashgan, shishgan va birmuncha qattiq-lashgan
teri, tishlar va sochlarning to’kilishi, jinsiy funksiyalarning buzilishi, qon miqdo-
rining kamayishi, asosiy almashinuvning 30-40%ga pasayishi, sezgi a’zolari
faoliyatining buzilishi, ruhiy reaksiyalarning sekinlashuvi, xotiraning pasayishi v.b.
Miksedema kasalligida to’qima suyuqliklari miqdori oshishi tufayli tana massasi
og’irlashadi.
Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida a’zo va to’qimalar hujayra oralig’ida
mustin va albuminlar miqdori oshib ketadi. Oqsillar to’qima suyuqligidagi onkotik
bosimni oshiradilar, bu esa to’qimalarda, ayniqsa teri osti yog’ klet-chatkasida suv
yig’ilishiga olib keladi, to’qimalarda shilimshiqli shish rivoj-lanadi (“miksedema “
lotincha so’z bo’lib, “shilimshiqli shish“ ma’nosiga ega).
Kretinizm hayotning 1-2 yillarida ovqatda yod yyetishmasligi tufayli rivojlana-
di. O’sishning to’xtab qolishi va aqliy rivojlanishning keskin orqada qolishi bu
kasallikning asosiy belgilaridir. Kretinlarda psixik reaksiyalar juda sekinlashgan,
dikkatni jalb qilish qiyinlashgan, nerv jarayonlarining harakatchanligi pasaygan,
qo’zg’alish jarayonlari tormozlanishga nisbatan kuchsiz, shartsiz reflekslar kuch-
siz, shartli reflekslar hosil bo’lishi qiyinchilik tug’diradi.
Kretinlarning tashqi ko’rinishi: bo’yi juda past, tana qismlari nomutanosib – qo’l
va oyoqlar juda kalta, bosh katta, ko’zlar kichik va aksariyat gilay, burun asosi
chuqurlashgan bo’ladi. Ko’pchilik kretinlarning og’zi ochiq va tili doimo osilib
turadi, chunki til keskin kattalashgan bo’lib, og’iz bo’shligiga sig’maydi, shu
sababdan nafas va yutish ham qiyinlashgan bo’ladi.
Qalqonsimon bez giperfunksiyasida tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligi deb
nomlangan xastalik rivojlanadi. Belgilari qalqonsimon bezning kattalashuvi, ammo
buqoq kasalligiga nisbatan ancha kichik va tugunlar hosil qilgan, ko’z olmalarining
burtib chiqishi, yurak urishlarining tezlashuvi, tana haroratining bir muncha
ko’tarilishi, terlash, moddalar almashuvi, jumladan asosiy almashi-nuvning keskin
oshganligi, ishta-haning ya’shi bo’lishiga qaramasdan ozib ketish, nerv tizimi
qo’zg’aluvchanligining kuchayishi, qon bosimining ko’tari-lishi, o’pka
ventilyasiyasining oshishi va emosiyalarning keskinlashuvi.Ba’zan qalqonsimon
bez gormonlarining qondagi miqdori zaharlanishni keltirib chiqaradigan
darajagacha oshib ketadi.