novateurpublication.org haroratining ko’tarilishi, yurak urishining tezlashuvi va nafas bug’ilishi natijasidagi
o’limga olib keladi. Normal sharoitda qonda 0,1 g\l kalstiy bor, bu ko’rsatkich 0,08
g\lga tushsa, tetaniya ro’y beradi. Giperparatireozda qonda Ca miqdori ortadi. U 0,17
g\l dan oshsa, odamning yuragi to’xtab, to’satdan o’lib qolishi mumkin.
Qalqonsimon oldi bezlar tug’ma gipofunksiyasida bolalarda qondagi kalstiy miqdori
kamayganligi, suyaklar, tishlar va sochlar rivojlanishida kamchiliklar, halqum,
ko’krak qafasi, elka va boshqa muskullarning uzoq muddatli qisqarishlari
kuzatiladi.
Sog’lom organizmda kalstiy ionlarining plazmadagi miqdori aniq boshqa-
riladigan ichki muhit ko’rsatkichlaridan bo’lib, doimo bir me’yorda saqlanadi.
Qondagi kalstiy konsentrasiyasining pasayishi paratgormon sekresiyasini kuchay-
tiradi va natijada kalstiy suyak to’qimasidan qonga o’tadi. Qalqonsimon oldi
bezlaridan oqib o’tayotgan qondagi kalstiyning ko’payishi esa teskari holatni keltirib
chiqaradi, ya’ni paratgormon sekresiyasi pasayib, qalqonsimon bezda tirkalsitonin
sekresiyasi kuchayadi va natijada qonda kalstiy miqdori kamayadi. Shunday qilib,
kalstiyning qondagi miqdori va paratgormon hamda tirkalsitonin sekresiyasi orasida
bevosita ikkitomonlama bog’lanish mavjud.
Ayrisimon bez. Ayrisimon bez oldingi ko’ksning yuqori bo’limida tush suyagi orqasida
joylashgan. Ko’ks ko’krak qafasining ikkala o’pka orasidagi qismidir. Ayrisimon
bez tok bezlardan bo’lib, o’zaro biriktiruvchi to’qima bilan tutashgan ikki bo’lak-
dan iborat. Uning har bir bo’lagi kichik bo’lakchalardan iborat bo’lib, har bir
bo’lakcha pustlok va mag’iz qavatiga bo’linadi. Po’stloq moddasi qon ishlab
chiqarishda ishtirok etuvchi retikulo-endotelial to’qimadan, mag’iz moddasi bez
epiteliysi va lipoid hujayralardan tuzilgan. Ayrisimon bez qon va limfa tomirlariga
boy, unga simpatik va parasimpatik nervlar kiradi.
Ayrisimon bez yot oqsilga reaksiya ko’rsatishni ta’minlovchi antitelolar hosil
bo’lishini kuchaytirish orqali organizmda immun jarayonlarning boshqarilishida
katta rol o’ynaydi. Ayrisimon bez immun reaksiyalarda qatnashadigan
limfositlarning rivojlanishi va taqsimlanishini nazorat qiladi. Suyak ilig’ida hosil
bo’ladigan stvol hujayralarning xali to’la takomillash-maganlari qonga tushadi va
ayrisimon bezga keladi. Bezda ular ko’payadi va T-limfositlarga aylanadi. Qonda
aylanib yurgan limfositlarning ko’p qismini T-limfositlar tashkil qiladi va ular
hujayra immunitetining rivojlanishida mas’uldir.
Ayrisimon bez bolalikda maksimal rivojlanib bo’ladi. Balog’atga etgandan
keyin uning rivojlanishi to’xtaydi va bez kichiklasha boshlaydi. Shu tufayli bu bez
organizm o’sishini kuchaytiradi, balog’atga yetmagan organizmda uning
kasalliklarga va muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashish imkoniyat-larini
ta’minlaydi va jinsiy tizim rivojlanishini tormozlaydi. So’nggi vaqtda ayrisimon