novateurpublication.org Shunday qilib, insulinning karbonsuvlar almashinuviga ta’siri quyida-gilarda
namoyon bo’ladi: 1) muskul va yog’ to’qimasida hujayra membranasining
glyukozaga nisbatan o’tkazuvchanligi oshadi;
2) hujayralarda glyukoza parchalanishini tezlashtiradi;
3) fosforlantirilish jarayonlarini jadallashtiradi;
4) glikogen sintezini kuchaytiradi, parchalanishini esa to’xtatadi;
5) glikoneogenezni sekinlashtiradi;
6) glikoliz jarayonlarini faollashtiradi;
7) gipoglikemiya;
Insulinning oqsillar almashinuviga ta’siri iborat:
1) membrananing aminokislotalar uchun o’tkazuvchanligini oshirish;
2) RNK sintezini kuchaytirish;
3) jigarda aminokislotalar sintezini faollashtirish;
4) oqsillar sintezini kuchaytirib, oqsil parchalanishini sekinlashtirish.
Yog’lar almashinuviga insulin ta’sirining samarasi:
1) glyukozadan erkin eg’ kislotalari sintezlanishini tezlashtirish;
2) triglisteridlar sintezini jadallashtirish;
3) eg’ parchalanishini sekinlashtirish;
4) jigarda keton tanachalari oqsidlanishini faollashtirish.
Bunday keng metabolik ta’sir insulinning barcha to’qimalar, a’zolar va
fiziologik tizimlar faoliyatida, emostional va hulq-atvor reaksiyalarini, gomeo-
stazni ta’minlash, muhit noqulay sharoitlariga moslashish va ulardan himoya-lanish
mexanizmlarini amalga oshirishda muhimligini ko’rsatadi.
Katta miqdorda insulin qonga yuborilganda qon plazmasidagi glyukoza-ning
muskullar va jigar hujayralari ichiga o’tishi natijasida glyukozaning qondagi
konsentrasiyasi keskin pasayadi va nerv hujayralarida glyukoza yetishmasligi
vujudga keladi. Glyukoza asab hujayralari uchun asosiy energiya manbaidir.
Shuning uchun bosh va orqa miyada glyukoza o’tkir yetishmasligi vujudga keladi.
Qonda qand miqdori 45-50 mg % gacha pasayganda miya faoliyatining buzilishi
- gipoglikemik koma yuzaga chiqadi. Mushaklar keskin, kuchli qisqarib qotib
qoladi, keyinchalik ular bo’shashib qoladi, tana harorati pasayadi, bemor xushini
yo’qotadi. Gipoglikemik koma insulinning kichik dozasidan so’ng ham kuzatilishi
mumkin, agar u nahorda, qorin och bo’lganda organizmga yuborilsa, chunki bu
vaqtda glyukoza qonga hazm yo’llaridan o’tmaydi. Vena ichiga glyukoza
yuborilishi gipoglikemik komani tezlik bilan bartaraf qiladi.
Me’da osti bezining ikkinchi gormoni glyukagon orolchalardagi alfa-hujayralar
tomonidan ishlab chiqariladi. Glyukagon ta’siri ostida hujayra ichidagi nofaol
fosforilaza fermenti faollashib, glikogenni glyukozaga parcha-laydi va qondagi
glyukoza miqdori oshadi. Shu bilan bir vaqtda glyukagon jigarda aminokislotalardan