Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
Monograph

Buyrak usti bezlari. 
Buyrak usti bezi mag’iz va po’stloq moddalardan iborat bo’lib, ular butunlay 
boshqa-boshqa gormonlar ajratadi va strukturasi, funksiyalari bo’yicha farq 
qiladigan turli ichki sekresiya bezlaridan iborat. Buyrak usti bezining mag’iz 
moddasi embriogenetik jihatdan simpatik nerv tizimi hujayralari bilan qarindosh 
bo’lgan xromaffin hujayralardan iboratdir. Bu hujayralar xrom ikki oksidli kaliy 
bilan sarig’-jigar rangga bo’yalishidan shunday nomlangan. Xromoffin hujayralari 
buyrak usti bezining mag’iz moddasidan tashqari aorta bo’ylab, umumiy uyqu 
arteriyasining ikkiga bo’lingan joyida, kichik chanoqdagi simpatik tugunlar 
hujayralari orasida, ba’zan chegara stvoli simpatik gangliyalari ichida ham uchraydi. 


27 
novateurpublication.org 
Bu hujayralarning hammasi adrenalin va unga yaqin fiziologik faol moddalar ishlab 
chiqaradi, shuning uchun ular adrenal tizimga birlashtirilganlar. 
Simpatik neyronlardan farq qilgan holda buyrak usti bezi mag’iz qavati 
hujayralari ko’proq noradrenalin emas, adrenalin ishlab chiqaradi (odamda ular 
orasidagi nisbat 6:1) va sekretni granulalarda yig’ib, nerv impulsi kelishi bilan 
gormonni darhol qonga chiqaradi. Odamning ko’p sonli endokrin kasalliklari 
orasida buyrak usti bezining mag’iz moddasi gipofunksiyasi bilan bog’liq kasalliklar 
uchramaydi. Bu xromaffin hujayralarning organizmda ancha keng va tarqoq holda 
joylashganligi va mag’iz modda ajratadigan adrenalin yana sim-patik nervlarning 
uchlaridan ham ajratilishi sabablidir.Tajribada ikkala buyrak usti bezining mag’iz
moddasi olib tashlansa, hayvon har xil ekstremal omillar ta’siriga nisbatdan 
chidamsiz bo’lib qoladi. Har qanday og’rituvchi va shikastlantiruvchi ta’sirotlar
natijasida bunday hayvonlar tezroq nobud bo’ladi. 
Buyrak usti bezining mag’iz moddasi adrenalin va noradrenalin nomli gormonlar 
ishlab chiqaradi. Adrenalin tirozin aminokislotasidan hosil qilinadi. Noradrenalin 
simpatik nerv tolalari uchidan ajratiladigan mediator hamdir. Adrenalin va 
noradrenalin fiziologik ta’sirlari bo’yicha juda yaqin bo’lib, birga-likda 
katexolaminlar deb yuritiladi. Ular monoaminoksidaza fermenti ishtiro-kida 
parchalanadi. Adrenalin haddan ortiq faol moddadir, grammning mingdan bir 
bo’lagi ham organizmga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Adrenalin bezdan qonga uzluksiz 
o’tib turadi, ammo uning qondagi miqdori keskin o’zgarib turadi. 
Katexolaminlarning xromaffin hujayralar tomonidan sekresiyalanib, qonga 
chiqarilishida albatta kalstiy ionlari va kalmodulin oqsili ishtirok etadi. Adrenalin 
organizmdagi ko’pgina funksiyalar, jumladan hujayra ichidagi modda almashinuvi 
jarayonlarini boshqarishda qatnashadi. U glikogenning parchala-nishini kuchaytirib, 
uning jigar va muskullardagi zaxirasini kamaytiradi (insulinning antagonisti). 
Adrenalin ta’sirida muskullarda glikogenoliz kuchaya-di, uzum kislotasi va sut 
kislotalari oqsidlanadi. Jigarda esa glikogen glyukozaga parchalanadi, glyukoza 
qonga o’tadi va qondagi glyukoza miqdori oshadi. 
Shunday qilib, adrenalin ta’siri, birinchidan muskuldagi glikogen zaxira-larining 
muskul ishi uchun kerak bo’lgan energiya manbai sifatida foydalanishi-ga, 
ikkinchidan, glyukozaning ko’plab jigardan qonga o’tishiga olib keladi. Adrenalin 
eng kuchli kontrinsulyar gormon bo’lib, qonda glyukoza miqdorini boshqarishda 
muhim ahamiyatga ega. Adrenalin yurak qisqarishlarini kuchay-tiradi va tezlash-
tiradi, miokardda qo’zg’alishlar o’tkazilishini yaxshilaydi. Kuchsizlangan yurak 
muskuliga adrenalin ayniqsa kuchli ta’sir etadi. Adrenalin teri, qorin a’zolari va 
tinch holatdagi skelet muskullaridagi kapillyarlarni toraytiradi. Ishlayotgan 
muskullarda tomirlar adrenalin ta’siri ostida toraymaydi, aksincha kengayadi. 
Organizmga adrenalin yuborilganda skelet muskullarining ish qobiliyati oshadi. 


28 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin